O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vaziri «Yashnobod» innovatsion texnoparkining faoliyatini yanada jadallashtirish bo'yicha ko'rsatma berdi

2022-03-02 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov vazirlik huzuridagi «Yashnobod» innovatsion texnoparkida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Texnopark direktsiyasi Vazirga kimyo texnologiya, materialshunoslik, oziq-ovqat sanoati, energiya, ilmiy rivojlanish va tadqiqot, muhandislik, ekologiya va tibbiyot sohalarida faoliyat yuritayotgan texnopark rezidentlarining mahsulotlari taqdimotini o'tkazdi.

Hozirgi kunga qadar rezidentlar tomonidan 710 ta yangi ish o'rinlari yaratilgan bo'lib, 407 mlrd so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan va mamlakatimiz ichki bozoriga sotilgan. Shu bilan birga, Rezidentlar tomonidan 1,6 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilgan bo'lib, 3,8 mln. AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlar Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston davlatlariga eksport qilingan.

Bundan tashqari, Koreyaning «CelluFab Corporation» kompaniyasi O'zbekiston Respublikasi hududida mahalliy tadbirkor bilan qo'shma korxona qurilishi uchun 250 ming AQSh dollar miqdorida investitsiya kiritgan bo'lib, hozirda qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yashnobod innovatsiya texnoparkining eksterritoriallik tamoyili asosida «Chust innovatsion texnoparki» filiali tashkil qilinib, o'tgan yil yakuni bo'yicha 10 ta innovatsion loyihaga rezidentlik maqomi berildi. Hozirgi kunga kelib mazkur rezidentlar tomonidan 79 nafar ishchi o'rinlari tashkil etilgan bo'lib, ular tomonidan 236 mln. so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi.

I. Abdurahmonov «Yashnobod» innovatsion texnoparki faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha tegishli topshiriqlar berdi. Xususan, vazir joriy yilda «Yashnobod» innovatsion texnoparkining rezidentlari sonini 25 foizga oshirish va innovatsion mahsulotlar turini ko'paytirish, shuningdek yangi ish o'rinlarini yaratish hamda mahsulotlar eksportini kengaytirish kabi vazifalarni tizimli amalga oshirish borasida qilinayotgan ishlarni jadallashtirish lozimligini qayd etdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться