O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Poytaxtimizda “UzBuild — 2022” xalqaro ko'rgazmasi boshlandi

2022-03-01 | Iqtisodiyot

Anjumanda 200 ga yaqin kompaniyalar ishtirok etyapti.

“O'zekspomarkaz” milliy ko'rgazmalar majmuasida 1—4-mart kunlari qurilish sanoatidagi yirik  23-O'zbekiston xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda. Ko'rgazma tafsilotlari haqida “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi xabar berdi.

An'anaviy tadbirda mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning ilg'or tajribasi va texnologiyalari namoyish etilmoqda. Anjumanda Avstriya, Ozarbayjon, Germaniya, Daniya, Italiya, Ispaniya, Qozog'iston, Xitoy, Niderlandlar, Koreya Respublikasi, Latviya, Rossiya, AQSH, Turkiya, O'zbekiston va Finlyandiya kabi mamlakatlardan 200 ga yaqin kompaniyalar ishtirok etyapti.

Ko'rgazma biznes dasturi doirasida 3-Xalqaro qurilish sanoati anjumani — ICCI tashkil etilib, u davlat tuzilmalari, sohaviy uyushmalar va birlashmalar vakillarini, qurilish bozori mutaxassislarini sanoatning dolzarb tendensiyalarini muhokama va munozara qilish uchun birlashtiradi.

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться