O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“C5+1” shaklidagi vazirlar uchrashuvi to‘g‘risida
2022-03-01 | Siyosat
Osiyo davlatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlarining “C5+1” shaklidagi navbatdagi vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Videokonferensaloqa shaklida o&lsquo tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari “C5+1” doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar.
Iqtisodiyot, xavfsizlik, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan amaliy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘z nutqida iqlim va ekologik o‘zgarishlarning oqibatlarini yumshatish, mintaqada “yashil iqtisodiy o‘sish”ni ta’minlash, pandemiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish, o‘zaro savdo, investitsiya va transport aloqalarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish orqali “C5+1” yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish uchun imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi