O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Saudiya Arabistoni investitsiya vaziri Xolid al-Falih bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi

2022-02-28 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov hamda Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al–Falih o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining o‘tgan yilning may oyida Saudiya Arabistoniga tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning ijrosi atroflicha muhokama qilindi.
 
Energetika va energetika infratuzilmasini rivojlantirish sohasiga qo‘shimcha Saudiya Arabistoni investitsiyalarini jalb qilish imkoniyatlariga alohida e'tibor qaratildi. O‘zbekistonda qariyb 3 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirayotgan Saudiya Arabistonining "ACWA POWER" kompaniyasining bu borada alohida o‘rni borligi ta'kidlandi.
 
Saudiya Arabistoni tomoni O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi, kimyo va neft' kimyosi, shuningdek metallurgiya sohalarida qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha yaqin hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
 
Joriy yilda HK yig‘ilishi, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida Ishbilarmonlar Kengashining qo‘shma yig‘ilishi, shuningdek, Ar-Riyod va Jidda shaharlarida “Made in Uzbekistan” o‘zbek mahalliy mahsulotlarining ko‘rgazmasini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
 
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida muntazam ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi havo kemalari qatnovini yo‘lga qo‘yish orqali o‘zaro turistik oqimlarni ko‘paytirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
 
Tadbir yakunida ustuvor tarmoqlarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha navbatdagi amaliy harakatlar kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться