O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston JSTga a'zo bo‘lish yo‘lida jadal harakatlamoqda

2022-02-25 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo – Iveala bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning JSTga a'zo bo‘lishi jarayonining bugungi holati, shuningdek, respublikaning ushbu Tashkilotga qo‘shilishi doirasida muzokaralarni yanada faollashtirish bo‘yicha dolzarb vazifalar muhokama qilindi.
 
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarning sezilarli natijalari JSTga a'zo mamlakatlarning O‘zbekistonga nisbatan ijobiy munosabatini shakllantirishga xizmat qilayotgani ta'kidlandi. Bundan tashqari, JST Bosh direktori O‘zbekiston hukumati tomonidan Tashkilotga a'zo bo‘lish jarayonini faollashtirishga doir amalga oshirilayotgan tizimli va izchil chora-tadbirlarga hamda zarur hujjatlarni tayyorlash va taqdim etishning sur'ati va sifatiga yuqori baho berdi.
 
Ayni paytda ikki tomonlama hamkorlikning kun tartibidagi ustuvor vazifalardan biri O‘zbekistonning JSTga a'zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhining bu yilgi navbatdagi, 5-yig‘ilishini o‘tkazish ekanligi ta'kidlandi. Tomonlar mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish borasida bir qator amaliy masalalarni muhokama qilib, ushbu yo‘nalishda keyingi qo‘shma tadbirlarni belgilab oldilar.
 
N. Okonjo – Iveala Tashkilotga a'zo bo‘lish jarayonida O‘zbekistonga har tomonlama yordam ko‘rsatishga va mushtarak masalalarni tezda hal qilish maqsadida bu yo‘nalishda birgalikda ish olib borishni jadallashtirishga tayyorligini bildirdi.
 
Muzokaralar yakunida JST Kotibiyati bilan muntazam aloqalarni davom ettirish va Ishchi guruhning 5-yig‘ilishini sifatli tashkil etish, shuningdek, milliy qonunchilikni JST bitimlari me'yorlariga muvofiqlashtirish hamda a'zo davlatlar bilan muzokaralar olib borish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash maqsadida uning texnik yordamini jalb etishga kelishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться