O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ikki tomonlama manfaatli hamkorlik yanada mustahkamlanadi
2022-02-21 | Siyosat
O‘zbekiston – AQSH munosabatlarida ko‘p qirrali hamkorlik, hurmat va ishonch tamoyillari ustuvorlik kasb etadi. O‘zaro aloqalarning barqaror rivojlanayotgani ta’lim sohasida ham manfaali kelishuvlarga yo‘l ochmoqda.
IIV Akademiyasi va AQSH Milliy mudofaa universiteti o‘rtasida tashkil qilingan onlayn videomuloqotda hamkorlik munosabatlarining istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar strategik yo‘nalishlarda izchil davom etayotgani, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, giyohvand modddalarning noqonuniy savdosi va transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashishda hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek ta’lim sohasida tajriba almashinuvini kengaytirish, kadrlar tayyorlash jarayoniga malakali mutaxassislarni jalb qilish, zamonaviy xavf-xatarlar va tahdidlarning oldini olishga qaratilgan maxsus kurslarni tashkil etish, AQSH Milliy mudofaa universiteti qoshidagi NESA o‘quv markazi imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar yakunida IIV Akademiyasi va AQSH Milliy mudofaa universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.
Manba: O'zA