O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat xizmatini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish pirovard maqsadimiz

2022-02-21 | Jamiyat

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyat filiali tashabbusi bilan davlat organlari va tashkilotlarida inson resurslari bilan ishlash tuzilmalarining o‘rni va rolini kuchaytirish, davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarishda va inson resurslarini rivojlantirish sohasida yuzaga kelayotgan mavjud muammolarga yechim topishga ko‘maklashish maqsadida o‘quv seminarlar tashkil etib kelinmoqda.

Navbatdagi o‘quv seminar xalq ta'limi, maktabgacha ta'lim va sog‘liqni saqlash boshqarmalari tizimlaridagi kadrlar bilan ishlash tuzilmalari  mas'ullari uchun tashkil etildi. 
 
 
Seminarda viloyat prokuraturasi, bandlik bosh boshqarmasi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining malakali mutaxassislari tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasbiy axloq-odobni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqatsiz munosabatni shakllantirish, mehnat munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish, inson resurslarini samarali boshqarish yo‘nalishlarida tushuntirishlar olib borildi.
 
Jamiyat rivojlanishida kadrlar salohiyati juda muhim ahamiyat kasb etadi. 
 
Sir emaski, so‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat boshqaruvini takomillashtirish yuzasidan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
 
Boshqaruv kadrlarini tanlab olish, saralash yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosi davlat boshqaruvini zamon talabi darajasiga chiqarishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. 
 
Hozirgi kunda dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan eng birlamchi masalalardan biri korrupsiya muammosidir. 
 
Seminar davomida Korrupsiyaning oldini olish, unga barham berishda faqat davlat va hukumatning kuchi bilangina erishib bo‘lmasligi, shuning uchun mazkur ijtimoiy illatga qarshi butun jamiyat, barcha fuqarolar kurashmog‘i zarurligi ta'kidlab o‘tildi. Har qanday jamiyat uchun ushbu jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biri ekanligi xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, mehnat munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etilmaganligi natijasida so‘nggi vaqtlarda mehnat nizolari bo‘yicha murojaatlar soni ko‘payib ketganligi alohida ta'kidlandi.
 
Bu esa o‘z navbatida davlat tashkilotlaridagi  xodimlar bilan ishlash mas'ullarining salohiyatini yanada oshirib borishni taqazo etadi.

Manba: Nаmаngаn vilоyati hоkimligi

Поделиться