Joriy yilning 17-fevral kuni vazirning birinchi o‘rinbosari L.Kudratov va Koreyaning “K-Water” kompaniyasi vitse-prezidenti Li Jong Chjin o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida “Toshkent shahridagi Seul ko‘chasida eskirgan suv ta'minoti tarmoqlarini tiklash" hamda “Xodjikent gidroakkumulyasiya stansiyasini qurish” kabi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Ularni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar yuzasidan kelishib olindi.
Shuningdek, Koreya tomoni joriy yilning 24-26 mart kunlari Toshkent xalqaro investitsiyaviy forumida ishtirok etish uchun taklif qilindi.
Ma'lumot uchun: Janubiy Koreyaning “K-Water” kompaniyasi 1967 yilda tashkil etilgan. Umumiy kapitali 9 mlrd. dollarni tashqil qiladi. Kompaniya suv resurslaridan kompleks foydalanish hamda qayta tiklanadigan energiya ob'ektlarini qurish, ulardan foydalanish va boshqarish sohasida faoliyat yuritadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi