O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda islom moliyasi va bankchiligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

2022-02-19 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 14-17-fevral kunlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Islom taraqqiyot banki ko‘magida taklif etilgan va O‘zbekistonda bo‘lib turgan “Islamic finance advisory and assurance services” (Buyuk Britaniya) konsalting kompaniyasi delegatsiyasi bilan birgalikda O‘zbekistonda islom moliyasi va bankchiligini joriy etish maqsadida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari, mikrokredit, lizing va sug‘urta tashkilotlari vakillari bilan muzokaralar olib borildi.
 
Uchrashuvlar davomida mamlakatda islomiy moliyalashtirish vositalarini joriy etishning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha navbatdagi qo‘shma sa'y-harakatlar ko‘rib chiqildi. Xorijiy maslahatchilar loyiha doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlari haqida taqdimotlar o‘tkazdi.
 
Olib borilgan muzokaralar yakunlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari A.Voitov bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ko‘rib chiqildi. Konsalting kompaniyaning vakillari manfaatdor tashkilotlar bilan bo‘lib o‘tgan muhokamalar bo‘yicha hisobot berdilar hamda birinchi navbatda ko‘rib chiqish va qayta ishlash uchun taklif etilayotgan qonun hujjatlari ro‘yxatini taqdim qildilar.
 
Uchrashuv yakunida loyihani hayotga tatbiq etish doirasida amaliy hamkorlik qilishning navbatdagi tadbirlari belgilab olindi.
 
Ma'lumot uchun: IFAAS islom moliyasi bo‘yicha ixtisoslashgan xalqaro konsalting firma bo‘lib, 50ga yaqin mamlakatlarda ko‘plab maslahat loyihalarini amalga oshirgan va 15 yillik tajribaga ega, shu jumladan, ko‘plab ilg‘or islom moliyasi bo‘yicha loyihalarini muvaffaqiyatli yakunlagan. Buyuk Britaniya, Fransiya, Baxrayn, Pokiston va Marokashda o‘zining vakolatxonalariga ega.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться