O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqand davlat universitetida Fransuz Kampusi ta’lim markazi ochiladi

2022-02-17 | Ta’lim

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili, Fransuz Kampusi ta’lim markazi direktori Mayeva-Loran Godar tashrif buyurdi.

Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha mutasaddilari Akmal Axatov va Muxtor Nosirov bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalari, xususan, universitetda Fransuz Kampusi ta’lim markazini ochish yuzasidan fikr almashildi. 

Mayeva-Loran Godar Samarqand davlat universiteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazib, Fransuz Kampusi ta’lim dasturlari, talabalar uchun ajratilgan grantlar va ko‘plab qo‘shma ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berdi. 

- Samarqand davlat universiteti qadimiy va nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biridir, - deydi Mayeva-Loran Godar. – Universitetning xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari tobora kengayotgani guvohi bo‘lib turibmiz. Ayniqsa, yoshlarning fransuz tili va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishi menda ijobiy taassurot qoldirdi. Samarqand davlat universitetida Fransuz Kampusi ta’lim markazini ochish yuzasidan muzokara olib bordik. O‘ylaymanki, biz ikki tomonlama o‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yib, kelgusida samarqandlik talabalarni Fransiyada o‘qishiga imkoniyat yaratamiz. 

 Tadbir yakunida tomonlar minnatdorlik va hamkorlik ramzi sifatida esdalik sovg‘alari topshirdi.

- Universitetimizning xalqaro hamkorlik borasida olib borayotgan ishlari tahsinga sazovor, - deydi SamDU filologiya fakulteti talabasi Dilhavas Alimova. - Darslarda xorijiy professor-o‘qituvchilar ishtiroki ta’minlangan. Ularning universitetimiz haqidagi fikrlari men uchun juda qiziq. Ayniqsa, bugun Fransuz Kampusi ta’lim markazi direktori bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Fransiya oliy ta’lim muassasalari talabalarining ma’ruzalarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari menda katta taassurot qoldirdi. Men ham darslarni o‘zlashtirishda mazkur tajribadan foydalanishga harakat qilaman. 

Manba: O'zA

Поделиться