O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonda eng keng tarqalgan koronavirus mutatsiyalari boʻyicha maqola chop etiladi

2022-02-17 | Jamiyat

OʻzR FA Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan tayyorlangan “Oʻzbekistonda tarqalgan SARS-CoV-2 virusining sekvenlangan genomlari mutatsiyalari profilini yaratish” (Profiling of the most reliable mutations from sequenced SARS-CoV-2 genomes scattered in Uzbekistan) nomli maqola xalqaro ilmiy jurnallarga joʻnatildi va biologiya boʻyicha ilmiy maqolalar eʼlon qilinadigan BioRxiv portaliga joylashtirildi.

Unda qayd etilishicha, vaqt oʻtishi bilan koronavirus genomidagi mutatsiyalarning bir nechta yangi variantlari tezlik bilan paydo boʻlayotgani sababli, maʼlum bir mintaqaning SARS-CoV-2 genotiplarini davriy ravishda genom ketma-ketligini aniqlab borishga doimiy ehtiyoj tugʻilmoqda. Bu global pandemiya sharoitida virusga qarshi diagnostika, monitoring va davolash vositalarini oʻz vaqtida ishlab chiqish uchun zarur.

Ushbu maqsad yoʻlida Genomika va bioinformatika markazi olimlari Oʻzbekistonning Toshkent viloyatidan pandemiyaning birinchi toʻlqini davri, yaʼni 2020-yilning noyabr, dekabr oylarida COVID-19 ga PZR-musbat deb topilgan 32 ta bemorning namunalaridan olingan SARS-CoV-2 genotiplari orasidan 18 ta yuqori sifatli toʻliq genom ketma-ketligi maʼlumotlarini Xalqaro maʼlumotlar bazasiga joyladilar. Namuna genomlaridagi nukleotid ketma-ketliklarning polimorfizmlari, shu jumladan, koronavirus genomining kodlash hududlarida nosinonimik (missense) va sinonimik mutatsiyalar aniqlandi.

Oʻsha paytdagi koronavirus variantlari genom sekvenslari Afrika va Yaqin Sharq hamda Yevropa va Shimoliy Amerika shtammlariga oʻxshashligi aniqlandi. Demakki, koronavirus Oʻzbekistonga xalqaro sayohatlar tufayli kirib kelgani tasdiqlanadi. Yaʼni birinchi toʻlqin bemorlari Uxan shtammining Afrika, Yaqin Sharq, Yevropa, Shimoliy Amerika variantlari bilan kasallangan.

Filogenetik tahlil 14 ta toʻliq genom namunalar ketma-ketligini (1, 2, 4, 5, 8, 10-15, 17, 32) G sinfiga (yoki GR pastki sinfiga) va toʻrtta butun genom namuna ketma-ketligini S sinfiga (3, 6, 25, 27) guruhladi. Jami, 45 ta umumiy va 83 ta noyob mutatsiyadan iborat 128 ta mutatsiya aniqlandi. Ulardan toʻrttasi upstream mutatsiyasini, oltitast down-stream mutatsiyasini, 50 tasi sinonimik va 67 tasi missense (maʼnosiz) mutatsiyani ifodalaydi.

Mazkur maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasidan olingan birinchi koronavirus genom ketma-ketligi maʼlumotlari boʻlib, u global koronavirus ketma-ketligi maʼlumotlar bazasini boyitish, kelgusidagi qiyosiy tadqiqotlarga xizmat qiladi. Eng muhimi, ushbu tadqiqotda olingan koronavirus genotiplarining ketma-ketligi maʼlumotlari mahalliy va mintaqaviy darajada COVID-19 kasalligini taqqoslash, diagnostika qilish, monitoring qilish va davolash uchun foydali manba boʻlib xizmat qiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться