O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat moliyaviy nazorati tizimini tubdan isloh qilish

2022-02-16 | Jamiyat

Davlat budjeti xarajatlari va moliyaviy nazorat tadbirlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Prezident qarori bilan davlat moliyaviy nazorati tizimini tubdan isloh qiluvchi bir qator vazifalar belgilab berildi.

Jumladan, davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlariga quyidagi yo‘nalishlarda byudjet qonunchiligining buzilishining profilaktikasi va nazoratni kuchaytirish vazifasi yuklatilmoqda. Bunda:

a) ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi va ortiqcha to‘lovlarning oldini olinishiga;

b) ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan ob'ektlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini monitoring qilish va ularda nazorat tadbirlarini o‘tkazishga;

v) subsidiya, grantlar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalarning va davlat xaridlari tiziminingning natijadorligi ta'minlashga e'tibor qaratiladi.

Shu bilan birga budjet xarajatlarining samaradorligini oshirish, inson omilini istisno qilish orqali qonun buzilish holatlarini oldini olish maqsadida davlat moliyaviy nazorati tizimi, qurilish va ijtimoiy sohalar raqamlashtirilmoqda.

Jumladan, Moliya vazirligida “Elektron nazoratchi-taftishchi” dasturiy kompleksi bosqichma-bosqich yaratiladi hamda ishga tushiriladi.

Bunda, davlat organlarining dasturiy majmualari bilan integratsiya qilinadigan moliyaviy nazorat sohasidagi ma'lumotlar bazasi yaratiladi, hamda 2023-yil 1-yanvarga qadar mavzuli nazorat qilish funksiyasi ishga tushiriladi;

Xalq ta'limida 2022-yil 1-sentabrdan boshlab bosqichma-bosqich oylik ish haqini yagona elektron dasturiy tizimi (ERP) orqali avtomatlashtirilgan holda hisoblash tizimi joriy etiladi;

Bundan tashqari, 2022-yil 1-iyundan boshlab maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi va xodimlarning davomatini biometrik identifikatsiya qilish orqali “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimida yuritish yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda, “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi “Mehnat daftarchasi”, “Soliq.uz”, “UzASBO”, elektr energiya va tabiiy gaz ta'minoti korxonalarining axborot bazalari bilan integratsiya qilinadi;

Qurilish sohasida “Shaffof qurilish” axborot tizimida bajarilgan ish hajmi, sarflangan qurilish materiallari miqdori va ishchilar sonining hisobini yuritish imkoniyatini yaratish hamda uni davlat xaridlari, shu jumladan elektron kooperasion portali va soliq organlarining axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.

Qaror loyihasida davlat moliyaviy nazorat organlari tuzilmasi tashkiliy jihatdan takomillashtirish ham nazarda tutilgan. Xususan:

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti negizida Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi tuziladi hamda Ichki audit xizmatlari bilan ishlash boshqarmasi tashkil etilishi belgilab qo‘yilgan.

2022-yil 1-noyabrga qadar Inspeksiya xodimlari xalqaro tajriba asosida maxsus o‘quv kurslarida o‘qitiladi va 2022-yil 1-noyabrdan boshlab Inspeksiya va ichki audit xodimlariga malaka sertifikati berish tizimi joriy etiladi.

Bunda, 2023-yil 1-sentabrdan boshlab malaka sertifikati mavjud bo‘lmagan shaxslarni ushbu sohada ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi;

Bundan tashqari, Inspeksiyani zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlar va mutaxassislar bilan to‘ldirish maqsadida Davlat moliyaviy nazorati departamentining amaldagi barcha xodimlari ikki oy muddatda to‘liq attestatsiyadan o‘tkazilishi belgilangan.

Shu bilan birga qaror bilan davlat moliyaviy nazoratining yangi bosqichiga o‘tishni nazarda tutgan holda vazirlik va idoralar ichki audit xizmatlarini faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qarorda bir qator vazifalar belgilanmoqda. Jumladan:

2022-yil 1-sentabrga qadar ichki auditning milliy standartlari va ichki audit tadbirlarini o‘tkazish qo‘llanmasi ishlab chiqilishi va ichki audit xizmatlari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar ular asosida o‘tkazilishi belgilanmoqda.

Qarorning o‘ziga xos jihatlaridan yana biri bu davlat moliyaviy nazorati sohasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha alohida normalarning kiritilganidir.

Shu bilan birga endilikda mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish bo‘yicha hokimliklarining takliflari “E-qaror” elektron tizimiga 10 kun muddatga jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun joylashtiriladi.

Bunda, hokimliklarining takliflari Xalq deputatlari Kengashlari tomonidan jamoatchilik muhokamasi natijalarini inobatga olgan holda ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, qaror bilan unda berilgan topshiriqlarni amalga oshirishning aniq mexanizmlari va shakllari, ijro etish muddatlari hamda mas'ullari belgilangan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanmoqda.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться