O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bryusselda O‘zbekiston-Evropa munosabatlarining asosiy masalalari muhokama qilindi

2022-02-11 | Iqtisodiyot

Bryussel  shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Yevropa Kengashi Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha bosh maslahatchisi Saymon Mordyu bilan O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy hamda iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘llarini muhokama qildi.

Tomonlar ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratayotgani hamda ularni qiziqtirgan barcha sohalarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish dinamikasini yuqori baholayotgani ta'kidlandi.
 
Xususan, muloqotda bir qator qo‘shma tadbirlar, ya'ni “EI – Markaziy Osiyo” sammiti, “EI – Markaziy Osiyo” o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Vazirlar uchrashuvi, “EI – Markaziy Osiyo” turizm forumini tashkil etish va o‘tkazishga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, mintaqa mamlakatlarining barqaror iqtisodiy o‘sishini ta'minlash va xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli tashabbuslarni ilgari surish va amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlarga ega ekani ta'kidlandi.
 
Iqtisodiy sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilindi. Tomonlar investitsiyaviy va savdo hamkorligini kengaytirish maqsadida yangi “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash uchun birgalikda harakat qilish zarurligini ta'kidladilar va bu borada keyingi qadamlarni belgilab oldilar.
 
O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishi to‘g‘risidagi tashabbusi doirasidagi hamkorlik masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Yevropa tomonining fikricha, bu tashabbus O‘zbekistonning jahon iqtisodiyoti va ko‘p tomonlama savdo tizimiga integratsiyalashuvi yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.
 
Shuningdek, uchrashuvda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarini moliyalashtirish, moliyaviy-texnik hamkorlik va Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosidagi Trast jamg‘armasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
 
Uchrashuv yakunida ko‘rib chiqilgan yo‘nalishlar doirasida mavjud bo‘lgan masalalarni hal qilishni tezlashtirish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться