O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahar hokimligi tomonidan Parijdagi Le Cordon Blue pazandachilik maktabida o‘qish uchun grant tanlovi

2022-02-10 | Yoshlar

2021-yilning 20-dekabr kuni Toshkent shahar hokimligi tomonidan Parijdagi Le Cordon Blue pazandachilik maktabida o‘qish uchun grant tanlovi e'lon qilingan. Le Cordon Blue pazandachilik maktabi dunyodagi eng yuqori reytingli 5 ta pazandachilik maktabidan biri hisoblanadi.

Grant g‘oliblari (jami 56 nafar) Parijdagi Le Cordon Blue maktabidagi pazandachilik dasturlarida o‘qishga yuboriladi. Ularning barcha xarajatlari to‘liq qoplab berilishi ko‘zda tutilgan (ta'lim, aviachipta va yashash xarajatlari).
 
Le Cordon Blue maktabi ta'lim dasturlari:
 
- Pazandachilik san'ati: oshxona (6 oy);
- Pazandachilik san'ati: shirinliklar va pishiriqlar (6 oy);
- Pazandachilik san'ati: non mahsulotlari (3 oy);
- Magistratura MBA Mehmondo‘stlik sohasi menejmenti yo‘nalishida (1 yil, Paris-Dauphine universiteti bilan birgalikda).
 
Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yilgan:
 
1. Nomzodlarning yoshi 40 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak.
2. Oliy ma'lumotli nomzodlar tajribaga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq, ammo majburiy emas. O‘rta ma'lumotli nomzodlar ta'lim olishi ko‘zda tutilayotgan dasturi yo‘nalishida mehnat tajribasi kamida 3 yil bo‘lishi kerak.
3. Magistraturaga hujjat topshirayotgan nomzodlar istalgan yo‘nalish bo‘yicha oliy ma'lumotga ega bo‘lishi kerak.
4. Tilni bilish – ingliz tilini (minimal IELTS 5,5 darajasida) yoki fransuz (B2 darajasida). Rasmiy sertifikat talab etilmaydi.
5. Fuqarolik va yashash joyi – nomzodlar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi shart, ariza topshirish vaqtida Toshkent shahrida yashashi va ishlashi maqsadga muvofiq.
 
Bugungi kunga qadar 200 dan ziyod nomzodlar ariza topshirgan bo‘lib, ular bilan suhbat jarayonlari olib borilmoqda.
 
Tanlab olingan nomzodlar uch bosqichda – aprel, iyul va sentabrda o‘qishga (faqat magistratura) yuborilishi rejalashtirilgan.
 
Nomzodlar ta'lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlaganlaridan so‘ng, Toshkent shahrida 5 yil davomida o‘zlari istagan tashkilotda ta'lim olgan yo‘nalishlariga muvofiq ishlab berishlari shart.
 
Arizalarni qabul qilish davom etmoqda! Ariza qabul qilish muddati 2022-yilning 1-martiga qadar uzaytirildi.
 
Batafsil ma'lumotni https://www.grant.toshkent21.uz/ sayti orqali olish (shuningdek anketa shaklini yuklab olish) mumkin va arizani hokimiyat.grant@gmail.com email manzili orqali topshirish mumkin.
 
Murojaat uchun telefon: +998 97 1202552.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться