O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Suv va salomatlik muammolari bo‘yicha protokol
2022-02-10 | Ekologiya
Davlat ekologiya qo‘mitasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YeIK) vakillari bilan Transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha konventsiyaga Suv va salomatlik muammolari bo‘yicha protokoliga (Protokol) O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda suv ta’minoti bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar xususan, o‘tgan yillarda 474 ta suv inshooti qurilib, 6 ming 300 kmga yaqin tarmoqlar tortilgan. 592 ta mahallada 2 milliondan ziyod aholining suv ta’minoti yaxshilangani ta’kidlab o‘tildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi 2007-yildan buyon BMT YeIKning Transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha konventsiyasi to‘laqonli a’zosi hisoblanadi.
Uchrashuv ishitrokchilari Protokolga qo‘shilishning ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hamkorlikda tahlil qilishni maqsad qilib oldilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi