O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bahodir Jalolov mart oyida jang o‘tkazadi

2022-02-10 | Sport

O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabariga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni bo‘lgan iste’dodli bokschimiz Bahodir Jalolov yana bir oydan so‘ng Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘zining professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Professional boksdagi faoliyati mobaynida 9 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alabaga erishgan O‘zbekiston terma jamoasining sardori Jalolov joriy yilning 18 mart kuni Dubayda polshalik Kamil Sokolovskiga qarshi ringga ko‘tariladi. 

Aytish lozim, Sokolovski professional boksda 38 ta jang o‘tkazib, 11 tasida g‘alaba qozongan. 25 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Shuningdek, ikki marotaba katta ringni durang natija bilan tark etgan. 

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov ayni kunlarda murabbiyi To‘lqin Qilichev bilan birgalikda Toshkent viloyatidagi “Yangiobod” o‘quv-mashg‘ulot bazasida terma jamoa a’zolari ishtirokida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda qatnashmoqda. 

Manba: O'zA

Поделиться