O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dunyo e’tiboridagi daho shoir

2022-02-09 | Madaniyat

Poytaxtimizdagi «Adiblar xiyoboni»da ulug‘ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid Alisher Navoiy siymosi jahon she’riyati muxlislarining doimiy e’tiborida ekanini ta’kidladi.

Qayd etilganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda ulug‘ mutafakkir bobolarimiz merosini o‘rganish masalasi yangi, yanada yuksak bosqichga chiqdi. Shoir bobomizning asarlarini chop etish, uni xorijiy tillarga tarjima qilish, ma’no-mazmunini targ‘ib etish borasida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirilmoqda. 

Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoat fondi rahbari, navoiyshunos olim Olimjon Davlatov, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti ilmiy xodimi, navoiyshunos olima Burobiya Rajabova mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish jarayonida Navoiy merosiga ulkan e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Darhaqiqat, mamlakat rahbari tashabbusi Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoatchilik fondi tashkil etildi. Ayni paytda Navoiy ijodini internet tarmog‘ida keng targ‘ib etish, bu borada mobil ilova yaratildi. Fond bir qator xorijiy ilmiy muassasalar bilan uzviy hamkorlik o‘rnatdi. Bu esa yangi zamon navoiyshunosligini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Alisher Navoiy ijodi insoniyat zakosining tengsiz namunasidir. Bu jihatlar uning asarlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bashariyatning dolzarb masalalariga doir barcha jihatlar uning ijodida o‘z aksini topganiga dunyo kitobxonlari guvoh.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Alisher Navoiy xalqqa adolat va insof, ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ezgu sa’y-harakatlarni ham o‘z hayotiy shioriga aylantirgani, bu yo‘lda o‘z umrini ayamagani manbalardan yaxshi ma’lum.

Turkiyalik olim, Vohid Turk Navoiy asari o‘zining insonparvar, elparvar, xalqchil g‘oyalari bilan dunyo kitobxonlari e’tiborida ekanini, shu bois jahon olimlari tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilayotganini ta’kidladi. Olim va pedagog Rahimboy Jumaniyozov Alisher Navoiy ijodidan namunalar o‘qidi.

Afg‘onistonning Hirot shahridan kelgan navoiyshunos olim Azizullo Orol garchi Navoiy 16-asrda yashagan bo‘lsada, hamon biz bilan yonma-yon ekanini qayd etdi. Navoiyning tili o‘zbekniki, ammo uning ezgu g‘oyalari butun dunyoga taalluqlidir.  O‘zbekistonda Navoiy chuqur o‘rganilmoqda, merosi qadrlanmoqda.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yosh shoira Kumush Abdusalomova Alisher Navoiy dahosiga bag‘ishlangan o‘zining yangi she’rini o‘qib berdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mohichehra Shomurodova Navoiy g‘azali bilan kuylanuvchi qo‘shiqni ijro etdi. Tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘ydilar. Shu kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga tutash hududdagi ulug‘ mutafakkir bobomiz haykali hamda poytaxtning Alisher Navoiy nomidagi «Shoirlar xiyoboni»da mushoira ham bo‘lib o‘tdi.

Manba: O'zA

Поделиться