O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hukumat qarori O'zbekistonda yana bir xalqaro festival o‘tkaziladi

2022-02-09 | Turizm

Surxondaryoda “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali o‘tkaziladi

Xalqimizning o‘ziga xos folklor sanʼatini yana-da qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan xalq dostonlari, hunarmandchiligi, milliy liboslari va xalq o‘yinlari, qadimiy urf-odatlarini saqlab qolish hamda ularni keng targ‘ib qilish maqsadida Hukumat qarori eʼlon qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marta aprel oyida Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali o‘tkaziladi.

Madaniyat va sanʼat sohasiga, xalqimizning boy madaniy merosiga berilayotgan eʼtibor natijasida, bundan avval, mamlakatimizda Xalqaro Baxshichilik sanʼati festivalini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan edi. Ushbu festival 2019-yilda Termiz shahrida, 2021-yilda Nukus shahrida nufuzli xalqaro tashkilotlar va mehmonlar ishtirokida yuqori saviyada o‘tkazildi.

Bundan tashqari, yaqinda YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasi XVI sessiyasi doirasida baxshichilik sanʼati Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.

Navbatdagi yirik nufuzli “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini o‘tkazish tartibi va shartlariga ko‘ra, har bir folklor jamoasi (folklor sanʼati bo‘yicha 12 nafardan, milliy xalq o‘yinlari va tomosha sanʼati yo‘nalishida 4 nafardan oshmagan holda) tomonidan o‘z dasturlarini belgilangan talablar asosida namoyish etadi.

Festival folklor sanʼatini kelajak avlodga munosib yetkazish maqsadida ushbu sanʼatning ilmiy asoslangan tarixi, rivojlanish bosqichlari haqida kitob-albom yaratishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, Kinematografiya agentligi bilan birgalikda O‘zbekiston hududida baxshichilikning rivojlanish tarixini aks ettiruvchi maxsus film yaratilishi belgilangan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться