O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AKT sohasi vakillari 40 yoshgacha bo‘lgan rahbarlar reytingida yetakchi bo‘lishdi
2022-02-09 | Jamiyat
“Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda O‘zbekistonning 40 yoshgacha bo‘lgan istiqbolli yosh rahbar kadrlari reytingini e’lon qildi.
Birinchi bosqichda fuqarolik jamiyati, tahlil markazlari va OAV vakillaridan iborat ekspertlar yosh rahbarlarning o‘z sohalarida strategik maqsad va natijalarga erishganlik bo‘yicha faoliyatini baholashdi. Bunda nomzodlarning ma’lumoti, rahbar sifatida jamoatchilik orasida tanilganligi, ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, islohotlar jarayonidagi ishtiroki va ta’sir darajasi hamda shaxsiy va kasbiy yutuqlari inobatga olindi.
Ikkinchi bosqichda turli soha ekspertlarining ovozi to‘plandi. Yakuniy bosqichga o‘tgan 60 dan ziyod nomzodlar orasidan eng ko‘p ovoz olgan 40 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi 40 nafar rahbar tanlab olindi.
Reytinga ko‘ra, unda axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan rahbarlar yetakchilik qilmoqda. Ular quyidagilar:
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi