O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vaziri INNO texnopark va Xalqaro molekulyar allergologiya markazi binosi qurilishi ishlari bilan tanishdi

2022-02-09 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov  vazirlik huzuridagi  Xalqaro molekulyar allergologiya markazining Toshkent shahridagi  binosi qurilish ishlari hamda  INNO texnoparkning hozirgi kundagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Vazir INNO texnoparkda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ularning natijadorligi masalalarini mas'ullar bilan muhokama qildi. Tashrif davomida texnoparkda so'nggi 2 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi va kelajakdagi ishlar rejalashtirib olindi.

Shuningdek, «Mirzo Ulug'bek vorislari» respublika tanlovini o'tkazish bo'yicha qilinayotgan ishlar taqdimoti bo'lib o'tdi. Mazkur tanlov iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ularni ilmiy-texnik faoliyatga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko'nikma va malakasini oshirish, innovatsion g'oyalarini amaliyotga tatbiq etish hamda hayotda o'z o'rnini topishiga ko'maklashishga qaratilgan.

Xalqaro molekulyar allergologiya markazi binosining qurilish ishlari bilan tanishgan vazir, ishlarni yanada jadallashtirish lozimligi bo'yicha topshiriqlar berdi. Ta'kidlash joizki, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Xalqaro allergologiya markaziga Toshkent shahar Olmazor tumani  hududida er maydoni ajratilgan bo'lib, ayni paytda qurilish ishlari boshlangan. Loyihaning umumiy qiymati 26,5 mlrd so'm  bo'lib, shundan, 8,6 mlrd so'm laboratoriya uskunalarini sotib olish uchun ajratiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться