O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi

2022-02-08 | Iqtisodiyot

Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 7-fevral kuni Nukus shahridagi studiyadan videokonferensiya tarzida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov rahbarligida Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, respublika tuman va shahar mahalliy hokimiyat organlarining rahbarlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rahbariyati ishtirok etdi.
 
Yig‘ilish davomida joylardagi mavjud vaziyatni tahlil qilish, aholi va tadbirkorlarning muammo va ehtiyojlarini aniqlash maqsadida oldinroq viloyatga yuborilgan ishchi guruhlar faoliyati o‘rganildi. Xususan, guruhlar makroiqtisodiy tahlil o‘tkazish, tarkibiy islohotlar amalga oshirish jarayonini o‘rganish, biznesni qo‘llab-quvvatlash masalalari, investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyati, kambag‘allikni qisqartirish, qurilish va infratuzilmaviy rivojlanish, ijtimoiy sohani, ayollar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarda ish olib bormoqda. Davlatimiz rahbarining hududga amalga oshirilgan so‘nggi tashriflari chog‘ida berilgan ko‘rsatmalarining ijrosi ham monitoring qilinmoqda.
 
Guruh rahbarlarining hisobotlari tinglandi, mahallalar kesimida aniqlangan masalalar ro‘yxatini maromiga yetkazish va ularni tezkor hal etish mexanizmlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Avvalo, bu masalalar ijtimoiy infratuzilma ob'ektlarining kommunal infratuzilmasini takomillashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish zarurati bilan bog‘liq.
 
Mahallalarda yangi ish tizimini joriy etish jihatlari ham ko‘rib chiqildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri va tumanlariga biriktirilgan vazirlik va idoralar, tijorat banklarining mas'ul rahbarlariga ishga solinmagan iqtisodiy imkoniyatlarni aniqlash, tadbirkor va eksportchilarni amaliy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelgusida chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida tuman va shahar hokimlari boshchiligidagi “loyiha guruhlari”ning mahallalardagi hokimlar yordamchilari bilan hamkorligini kuchaytirish topshirildi.
 
Jami bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2022-yilga mo‘ljallangan hududiy investitsiya dasturida umumiy qiymati 332,1 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 811ta loyiha amalga oshirilishi va natijada 14737 yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining tegishli tumanlariga “Qoraqalpog‘istonda biznes qilish” tamoyili asosida biriktirilishi doirasida O‘zbekiston viloyatlarining rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar alohida tartibda ko‘rib chiqildi. Ta'kidlandiki, bugungi kunga qadar jami 264 million dollarlik 350 loyiha shakllantirilib, buning natijasida 14,6 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Shundan umumiy qiymati 89 million dollarga teng bo‘lgan 204 loyiha yangi sanoat korxonalarini tashkil etishga qaratilgan. Loyihalarni amalga oshirishning tarmoq jadvallarini ishlab chiqish hamda ularning uzluksiz ishlashini ta'minlash, kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksportini tashkil etish masalalarini hisobga olgan holda qurilayotgan ob'ektlarni ishga tushirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
 
Yig‘ilish yakunida vazirlik va idoralar rahbarlariga muhokama qilingan masalalar va vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi. Kelgusi hafta davomida ishchi guruhlar hududda o‘z faoliyatlarini davom ettiradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться