O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Ipak yo‘li” xalqaro universitetida inkubatsiya va akseleratsiya markazi ish boshladi

2022-02-08 | Turizm

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida inkubatsiya va akseleratsiya markazi ish boshladi. Mazkur markaz talaba yoshlarning «startup»lari va ilmiy ishlanmalarini amaliyotga joriy etish hamda iqtidorli talabalarni isteʼdodlarini yuzaga chiqarish maqsadida tashkil etilgan.

Inkubatsiya dasturi istiqbolli g‘oyalarga ega bo‘lgan startap loyihalarini o‘quv dasturlari va mutaxassis tavsiyalari orqali qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Akseleratsiya dasturi esa to‘liq mahsulotni shakllantirish uchun ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan prototip egalari uchun mo‘ljallangan.

IT Park – bu IT-kompaniyalari uchun istiqbolli boshlang‘ich loyihalarni, tashqi iqtisodiy zonani, shu jumladan ilmiy va taʼlim tashkilotlari bilan integratsiyalashgan holda ishga tushirish va bozorga chiqarishni taʼminlash uchun mo‘ljallangan obyektlar, bino va inshootlar majmuasi. IT sohasida faol va iqtidorli mutaxassislar buxgalteriya hisobi, yuridik, marketing va taʼlim yo‘nalishlari orqali o‘z g‘oyalarini haqiqiy biznes loyihalariga aylantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ushbu Memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni amalga oshirishi belgilangan:

- tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;

- donorlar, grantlar va boshqalarni jalb qilgan holda hamda startap-ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;

- alohida dasturlar bo‘yicha o‘qituvchi va murabbiylar hamda talabalar uchun seminar-treninglar tashkil etish;

- o‘zaro kelishuv asosida boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish.

Markazning ochilish marosimiga O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasi vakillari, IT Park Samarqand filiali mutaxassislari hamda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining professor o‘qituvchilari va talabalari qatnashishdi. Ushbu markaz eng so‘nggi rusumdagi 8 ta kompyuter jamlanmasi va dasturiy taʼminot vositalari, multimedia jihozlari bilan taʼminlanadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться