O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi

2022-02-08 | Madaniyat

Innovatsion rivojlanish vazirligida xalqimizning suyukli o'g'lonlari, buyuk mutafakkirlar, davlat arboblari bo'lgan she'riyat mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 581 yilligi va Navoiydan keyingi shoir deb tan olingan Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz tavalludining 539 yilligi arafasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti, Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori Muhammadali Abduqunduzov ishtirok etib, yig'ilganlarga Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodlari haqida ma'lumotlar berdi, ularning ijodlaridan misollar keltirdi, sahna asarlaridan parchalar o'qib berdi. tadbirga moderatorlik qilgan Innovatsion rivojlanish vazirligi Ilmiy va innovatsion faoliyatga oid dasturlarni shakllantirish va monitoring qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi, filologiya fanlari nomzodi Shahnoza ergasheva ikki buyuk shoirning o'zbek va jahon adabiyotidagi o'rni, turkiy tillarning rivojlanishiga qo'shgan hissasi haqida o'z fikrlari bildirdi.

Besh asrdan beri buyuk shoir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma'naviy merosi butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini taratmoqda, butun dunyo hamjamiyati va olimlari nigohini o'ziga jalb qilib kelmoqda.

G'azal va she'riyat sultoni, tasavvuf ilmining zargari Alisher Navoiy va ham shoir, ham sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur... Bunday daholar badiiy ijodda, ilmda, davlat boshqaruvi va harbiy san'atda obro' qozonishi faqatgina bu yo'nalishlarda emas, balki millat, xalqaro hamjamiyatning ma'naviy tafakkuridagi yuksalishlarga xizmat qiladi. Bunday farzandlarning noyob iste'dodi, qoldirgan boy merosi millat nufuzi buyukligini saqlashga, nomini ko'klarga ko'tarishga xizmat qiladi.

Tadbirni to'liq ko'ring. https://www.youtube.com/watch?v=SV-yMeK-j2A

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться