O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar

2022-02-07 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 7-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov boshchiligidagi hamda vazirliklar, idoralar va tijorat banklari rahbarlaridan iborat ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishning bugungi holatini o‘rganish maqsadida mazkur hududga yo‘l oldi.

Joylarga chiqish mobaynida mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etishning samarali algoritmlarini ishlab chiqish maqsadida tadbirkorlar va investitsiya loyihalari tashabbuskorlari bilan manzilli uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, infratuzilmaviy va ijtimoiy obyektlarning hozirgi holati tahlil qilindi va natijalari bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga har bir inshootdan kelgusida foydalanish bo‘yicha kompleks strategiyani ishlab chiqish topshirildi. Unda obyektlar o‘z harajatlarini o‘zi qoplashi va aholini ijtimoiy xizmatlar bilan keng qamrab olishi nazarda tutiladi.
 
Hududda investitsiyaviy va sanoat faoliyatini kuchaytirish borasida navbatdagi tadbirlar muhokama qilindi – mutasaddi rahbarlarga mavjud xomashyo salohiyati va sanoat imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qo‘shilgan qiymat zanjirlarini shakllantirish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqish topshirildi. Shu nuqtai nazardan, loyihaviy takliflarni ishlab chiqishda “iqtisodiy o‘sish nuqtalari”ni aniqlash va ulardan foydalanish muhimligi ta'kidlandi. Bu jalb qilingan investitsiyalar hisobidan sezilarli iqtisodiy samaraga erishish imkonini beradi.
 
Investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyatini rag‘batlantirishning yangi tizimini faol amalda qo‘llash, foydalanilmayotgan iqtisodiy imkoniyatlarni aniqlash hamda istiqbolli tarmoqlarda yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish maqsadida hududlarda tashkil etilgan “loyiha guruhlari” va Tadbirkorlar kengashlari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish topshirildi.
 
Shu bilan birga, boshqa yo‘nalishlar bilan bir qatorda, kasanachilikka asoslangan sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish orqali mahalliy aholini ish va barqaror daromad manbai bilan ta'minlash uchun sharoitlar yaratish zarurligi ta'kidlandi.
 
Tegishli vazirlik, idora, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlariga tadbirkorlik faoliyatini kuchaytirish hamda tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish, eksport salohiyatini yuksaltirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan manzilli topshiriqlar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться