O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ilm majlisida Alisher Navoiy haqida so‘z bordi

2022-02-07 | Madaniyat

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi Prezident qaroriga muvofiq, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzusidagi 7-xalqaro ilmiy-nazariy onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada AQSH, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Eron, Tojikiston, Afg‘oniston kabi mamlakatlardan sharqshunos va navoiyshunos olimlar ishtirok etdilar.

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov bilan bir qatorda konferensiyaning yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri maslahatchisi Odina Jamoliddinova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Turkiy tilli davlatlar Parlamentlari (TURKPA) Kengashi Bosh Kotibi Mehmet Sureyya Er, Ozarbayjon Respublikasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti direktori va yana bir qator olimlar ishtirok etishdi.

Ozarbayjon Milliy Ilmlar akademiyasi vitse-prezidenti Iso Habibbeyli Alisher Navoiy ijodining jahon tamaddunida tutgan o‘rni haqida, Turkiya Respublikasi Istanbul universiteti assistent professori Emek Usenmez Alisher Navoiyning turkiyzabon xalqlarni birlashtirish yo‘lidagi xizmatlari, Tojikiston Fanlar akademiyasi Yozma meros milliy markazi bo‘limi boshlig‘i Saidxo‘ja Alizoda Alisher Navoiyning Tojikiston Respublikasi Sharq qo‘lyozma fondida saqlanayotgan asalarining nusxalari haqida qimmatli ma’lumotlar berdilar.

Konferensiya Alisher Navoiyning ilmiy merosi va matnshunoslik; Alisher Navoiy adabiy merosi va tarjimai holi; Alisher Navoiy lirikasini o‘rganish masalalari; Alisher Navoiy: an’ana va yangilanish, zamonaviy adabiyotda buyuk shoir obrazi talqini; Alisher Navoiyning lingvistik merosi va shoir ijodini o‘qitish muammolari sho‘’balarda davom etdi.

D. Mamatova

Manba: O'zA

Поделиться