O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bektemirdagi sayyor qabulda ko‘plab murojaatlarga yechim izlandi

2022-02-07 | Jamiyat

Toshkent shahar hokimligi tomonidan Bektemir tumanida fuqarolarning navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi. Shahar hokimi o‘rinbosari Muxtor Muhitdinov va tuman hokimi Tapil Mahamadziyaev boshchiligida bir qator fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etishdi.

Murojaatlar asosan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yer maydonlarini ajratish, dala hovli va yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, farzandining xorijda davolanishi uchun moddiy yordam ko‘rsatish, qarovsiz yerlarga ko‘chat ekib, bog‘dorchilik yo‘nalishida o‘zini o‘zi band qilish va boshqa masalalarda bo‘ldi.
 
Bektemir tumani Abay mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi A. R. 2003-yilda tug‘ilgan qizi suyak raki kasalligiga chalingani, chet ellarda bir necha marta muolajalar olgani, hozirgi kunda shifokorlar xorijda jarrohlik amaliyotini o‘tkazishni tavsiya qilayotganligini aytib, moddiy yordam so‘radi.
Murojaat tegishli mas'ullar ishtirokida ko‘rib chiqilgach, unga zarur mablag‘ning bir qismini ajratishga qaror qilindi.
 
Mazkur tumanda yashovchi Z. A. mutasaddilarga bir necha masalalarda murojaat qildi. U oilasi bilan yangi bunyod etilgan ko‘p qavatli uydan xonadon sotib olib, hozir unda istiqomat qilmoqda. Lekin kommunal sohada ko‘plab muammolarga duch kelgan. Shu bilan birga kadastr hujjatlari ham berilmagan. Masala tegishli tashkilotlar mutasaddilari va ko‘p qavatli uyni qurgan kompaniya mas'ullari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ayni paytda quruvchi kompaniyaning moliyaviy faoliyati o‘rganilayotganligi bois, murojaatdagi masalalar ijrosi biroz kechikishi hisobga olindi. Lekin muammolarni bartaraf etish va kamchiliklarni imkon qadar tezroq hal etish yuzasidan mas'ullarga topshiriq va muddat berildi. Shu bilan birga uning ijrosi nazoratga olindi.
 
Bektemir tumanidagi “Yangi Bektemir” mahalla fuqarolar yig‘inida yashaydigan M. E. esa hovlisi yaqinidagi elektr simyog‘ochlarini yangisiga almashtirishni so‘radi. Masala ko‘rib chiqilgach, tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbariga muammoni qisqa muddatda hal etish bo‘yicha topshiriq berildi.
 
Shuningdek, sayyor qabulda boshqa ko‘plab fuqarolarning ham murojaatlari o‘rganilib, ularni hal etish choralari ko‘rildi. Barcha murojaatlar qonun doirasida hal etilishi, aholining qonuniy haq-huquqlari ta'minlanishi ta'kidlandi.
 
O‘rganilgan hamma murojaatlarning ijrosi nazoratga olinib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Bir qator fuqarolarga murojaatlaridagi masalalarni hal etish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
 
Belgilangan rejaga ko‘ra, shahar va tuman hokimliklarida fuqarolar qabullari davom etmoqda.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться