O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlari joriy etiladi
2022-02-07 | Yoshlar
Yoshlar press-klubida Prezidentimizning joriy yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun mohiyati yuzasidan yoshlar anjumani bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda qarorga asosan 9 ming 309 nafar ishga qabul qilingan Yoshlar ishlari agentligining mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun mahallalarda yangi joriy etilayotgan tizim bo‘yicha ma’lumot berildi. Qarorning yoshlar hayotidagi o‘rni haqida tushunchalar berildi.
Xususan, yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular muammolarini bevosita mahallalarda hal etish va ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarining samaradorligini yanada oshirish lozimligi, yoshlarning huquqiy savodxonlikni oshirish borasida tadbirlar va harbiy qismlarga sayohatlarni tashkil etish mavzularida fikr mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish, yoshlar turmush tarzida sportni ommalashtirish borasida, jumladan, mini-futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat, shashka, badminton, kamondan otish bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish,“Yosh ekolog” aksiyasini o‘tkazish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Shundan so‘ng, yoshlar bilan ochiq savol-javoblar tashkil etildi.
Manba: O'zA