O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ijtimoiy himoya bo'yicha xalqaro ma'ruzalar taqdimoti bo'lib o'tdi

2022-02-07 | Jamiyat

2020–2022-yillarda dunyo bo’ylab ijtimoiy himoya holati to’g’risidagi hamda Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy hisobotlarining taqdimoti o’tkazildi.

2021-yil 1-sentabrda taqdim etilgan 2020–2022-yillarda dunyo bo’ylab ijtimoiy himoya holati to'g'risidagi hisobot Xalqaro Mehnat Tashkilotining eng muhim hisobotlaridan biridir. U mazkur sohadagi o‘zgarishlarni tasvirlaydi va, shu jumladan, koronavirus pandemiyasining oqibatlarini o’z ichiga olgan. Shu bilan birga, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari nuqtayi nazaridan chuqur yoritilgan qo‘shma hisobot tayyorlangan. Hujjatda mazkur mintaqadagi mamlakatlarning ijtimoiy himoya siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va amalga oshirilayotgan islohotlari tavsiflangan. 

Tadbir Xalqaro Mehnat Tashkilotining Moskva shahrida joylashgan Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy burosi tomonidan onlayn-vebinar shaklida o‘tkazildi. Mazkur tadbirda BMT tuzilmalari, O'zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo mamlakatlari, Rossiya Federatsiyasi, Belarus singari davlatlarining XMT bilan ijtimoiy himoya sohasida hamkorlik qiluvchi manfaatdor idoralari ishtirok etdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Aholini ijtimoiy himoya qilish va davlat ijtimoiy xizmatlari tarmoqlarida budjet siyosati departamenti vakillari ishtirok etdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad hisobotning asosiy g‘oyalarini taqdim etish, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tajriba, fikr va mulohazalarni almashish edi.

Vebinarni XMTning bosh direktori yordamchisi hamda Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy byurosi direktori Xaynz Koller kirish so‘zi bilan ochib berdi. Dunyo bo’ylab ijtimoiy himoya holati to’g’risidagi hisobotining asosiy xulosa va tavsiyalari bo’yicha taqdimotni XMTning Ijtimoiy siyosat bo’limi boshlig’i Kristina Berendt olib bordi.

Taqdimot davomida koronavirus pandemiyasining dunyo bo’ylab ijtimoiy himoya tizimlariga sezilarli ta’siri qayd etildi. Hukumatlar ijtimoiy himoya dasturlarini aholini doromadsiz qolish, ishini yo’qotishdan himoya qilish va sog’lig’ini saqlash, shuningdek, jamiyatda barqarorlikni ta’minlashda keng qo’llaganlari aytib o’tildi. Bundan tashqari, aholining ilgari himoyalanmagan zaif qatlamlari ijtimoiy jimoya dasturlari bilan qamrab olindi, davlatlar tomonidan ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam miqdori oshirildi, ma’muriy boshqarish mexanizmlari takomillashtirildi va ushbu choralarni moliyalashtirishga qo‘shimcha resurslar jalb qilindi.

Hisobotga ko’ra, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida ijtimoiy himoya bilan aholining 80 foizidan ortiq ulushi qamrab olingan. Dunyo miqyosida esa ushbu ko‘rsatkich 47 foizni tashkil etgan. Hisobot hulosasida barcha mamlakat pandemiya sharoyitlaridagi tajribadan kelib chiqib, o‘zlarining ijtimoiy himoya tizimlarining kamchiliklarini aniqlagan holda ijtimoiy himoya choralarini yanada kuchaytirishga e’tibor qaratishi tavsiya etildi.

XMTning bosh mutaxassisi Keniti Xiros Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida ijtimoiy himoya bo‘yicha mintaqaviy hisoboti yuzasidan ikkinchi taqdimoti bilan vebinarni davom ettirdi. Uning takidlashicha, mintaqadagi davlatlar tomonidan pandemiyaning salbiy ta’sirini yumshatishida ijtimoiy himoya dasturlari ish o’rinlarini saqlab qolish, sog’liqni saqlash xizmatlarini barchaga yetkazib berish, va oilalarni og’ir hayotiy vaziyatga tushib qolishdan saqlash yo’nalishlarida katta ahamiyatga ega bo’lgan.

Shuningdek, yoshga doir pensiyalar aholini kambag’allik holatiga tushib qolishini bartaraf etishda eng muhum rolni o’ynaganligi aytib o’tildi. Mutaxassis inqirozdan keyingi davrda ijtimoiy himoya tizimlarini va bandlikka ko’maklashish xizmatlarini mustahkamlashga yetarlicha e’tibor qaratish zarurligini yana bir bor ta’kidladi.

Vebinar cheklangan resurslar kontekstida ijtimoiy himoya tizimlarini yanada mustahkamlash yo’nalishlari, shuningdek, mavjud dasturlarni yanada takomillashtirish choralalrini muhokamasi bilan yakunlandi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться