O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Surxondaryo viloyatida turistik obyektlar kuzatuv tizimlari integratsiya qilinadi

2022-02-07 | Turizm

Surxondaryo viloyatida turistik obyektlar kuzatuvi tizimlarini integratsiya qilishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Unda Surxondaryo viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi, viloyat IIB xavfsiz turizmni taʼminlash hamda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari, shuningdek vohadagi turistik obyektlar, turfirmalar, mehmonxonalar, taksi xizmati ko‘rsatish uyushmalari mutasaddi xodimlari qatnashdi.

Pandemiya davrida turistlar xavfsizligini taʼminlash, mahalliy va xorijlik sayyohlar oqimini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirda vohaning boy turistik imkoniyatlari haqida fikr almashildi. Shuningdek, mehmonxona va turistik obyektlarni belgilangan tartib asosida zamonaviy uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Bugungi kunda viloyatda 101 turistik obyekt mavjud bo‘lib, ulardan 49  mehmonxona, 141 oilaviy mehmon uyi, 9 xostel faoliyat yuritmoqda. Mahalliy va xorijlik sayyohlarga jami 40 turistik firma xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 

Ayni paytda viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi uchun yangi bino barpo etilmoqda. Zamonaviy bino foydalanishga topshirilgach, «call-markaz» tashkil etilib, turistik obyektlar kuzatuvi integratsiya qilinadi.

Tadbirda sayyohlarni mehmonxonaga joylashtirish,transport xizmati ko‘rsatishga doir fikr-mulohazalar ham bildirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться