O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutida ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirishga qaratilgan seminar o'tkazildi

2022-02-07 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutida o'qituvchi-professorlar hamda innovatsion faoliyatga qiziquvchan yosh talabalar uchun amaliy seminar-trening tashkil etildi. 

Hududiy boshqarmaning ilmiy faoliyatlarni rivojlantirish bo'yicha  bosh mutaxassisi Muzaffar Madazimov Andijon viloyatida innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirish, hududiy innovatsion loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish, vazirlik tomonidan olib borilayotgan islohotlar, ilmiy-amaliy loyihalar va ularning pasportlarini shakllantirish masalalari yuzasidan kerakli tavsiya va ma'lumotlar berdi. 

Seminar yuqori ko'tarinki ruhda  va keng muhokamalarga boy tarzda o'tdi, seminar davomida bir qator muammo va takliflar  muhokama qilinib, yig'ilganlar  boshqarma mutaxassisi tomonidan mavjud savollarga javob oldilar.

Shuningdek Innovatsion rivojlanish rasmiy saytidan loyihalarni topshirish va ularni joriy holati yuzasidan tezkor ma'lumot almashinishi uchun ishga tushirilayotgan yangi platforma seminar qatnashchilarida katta qiziqish uyg'otdi.

Ushbu turkumdagi amaliy seminarlar viloyatdagi qolgan oliy ta'lim muassasalarida reja jadval asosida kelgusi oylarda ham davom ettiriladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться