Xalq bilan muloqot qilish va shu orqali odamlarning dardu tashvishlarini aniqlash, ularning kundalik hayoti bilan yaqindan tanishish bugungi kunda har bir soha rahbarlarining asosiy ish faoliyatiga aylanib bormoqda.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov ham o‘z kundalik ishini oddiy odamlar ichida olib bormoqda va ular bilan suhbatlashish asnosida aholini qiynayotgan muammolar bilan yaqindan xabardor bo‘lmoqda.
Vazir R.Mamatov Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi “Baluj” mahallasiga tashrifi davomida hudud aholisi uchun tashkil etilgan xayriya dasturxonida mehmon bo‘ldi va turli aholi qatlam vakillari bilan dildan muloqot qildi.
Uchrashuvlar davomida mahallada istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimizning davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar doir fikrlarini tingladi hamda hududdagi mavjud sharoitlarni ishga solgan holda aholi turmush holatini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tdi.
Kun davomida tashkil etilgan muloqot jarayonlari hududdagi nuroniylar bilan yanada mazmunli kechdi. Vazir R.Mamatov muloqot jarayonida keksa avlod vakillari hamda tuman mas'ullariga turli nomdagi kitoblar sovg‘a qildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi