O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Viloyatda ko'p tarmoqli tibbiyot klasteri tashkil etilmoqda: u aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish sifatini oshirishda qanday imkoniyatlar yaratadi

2022-02-04 | Jamiyat

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent viloyati hokimi huzurida aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko'rsatish, yuqori texnologik operatsiyalar va zamonaviy davolash usullarini joriy etish, xizmatlar sifatini oshirish borasida amalga oshirish rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti o'tkazildi.

Viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i To'raqul Arziqulov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev va soha mutaxassislariga bu borada atroflicha ma'lumot berdi. Qayd etilganidek, bugungi kunda viloyatning geografik tuzilishidan kelib chiqqan xolda, tarqoq joylashgan tibbiyot muassasalarini markazlashtirish, zamonaviy ko'p tarmoqli klaster tipidagi viloyat tibbiyot klasterini barpo etish muhimdir.

Bu jarayonda asosiy e'tibor talab ko'p bo'layotgan yo'nalishlarni tumanlararo darajaga tushirib, xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish maqsadida kichik tibbiyot klasterlarini qurish va faoliyatini tashkil etish zarur bo'ladi. Xususan, hudud markazi bo'lgan Nurafshon shahrida 1 ming 200 o'rin zamonaviy tibbiyot muassasasi bunyod etiladi.

Bu erda Nurafshon, Bekobod shaharlari va O'rta Chirchiq, Bo'ka, Bekobod, Oqqo'rg'on tumanlarining 692 ming 589 nafar aholisiga tibbiy xizmat ko'rsatiladi. Tuman-shaharlar geografik tarqoq joylashganligini inobatga olib, Olmaliq, Chirchiq va YAngiyo'l shaharlari tibbiyot birlashmasi tarkibida tumanlararo kichik tibbiyot klasterlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, davolash-profilaktika muassasalarini moddiy texnik bazasini yaxshilashga alohida e'tibor qaratiladi. Buning uchun Prezidentimizning tegishli qarorlariga asosan ssuda va xorijiy grant mablag'laridan maqsadli foydalanish va tibbiy asbob-uskunalar olib kelish ko'zda tutilyapti. Bugungi kunda viloyatda tibbiyot xodimlari uchun 1182,25 vakant o'rni mavjud bo'lib, 615 nafar tor mutaxassisga ehtiyoj sezilyapti. Endilikda bu o'rinlarni to'ldirish maqsadida tibbiyot oliygohlari bitiruvchilarini amaliyotga jalb qilish, ularga zarur sharoit yaratish lozim bo'ladi.


Taqdimot davomida bu kabi klasterlar yaratilishi Toshkent viloyati hududlarida tibbiyot infratuzilmasini rivojlantirish va aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qilishi ta'kidlandi. Zoyir Mirzaev mazkur loyihalar bo'yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan ishlar, eng birinchi qadamlar nimalardan iborat bo'lishi lozimligi yuzasidan o'z fikr va mulohazalarini bayon etdi va mutasaddilarga zarur ko'rsatmalar berdi.

Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi

Поделиться