O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sarhisob, tahlil va kelgusi vazifalar belgilab olindi
2022-02-03 | Xavfsizlik sohasi
Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari, DXX Chegara qoʻshinlari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Milliy gvardiya qoʻmondonligi tasarrufidagi Fargʻona garnizonida joylashgan harbiy qismlar komandirlari bilan Fargʻona harbiy prokuraturasi tomonidan huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va shart-sharoitlari hamda huquq-tartibot va harbiy intizomni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan okrug maʼnaviyat va maʼrifat markazida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Fargʻona harbiy prokurori, okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boshqarmasi, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Fargʻona viloyatida joylashgan barcha harbiy qism komandirlari hamda muassasa boshliqlari ishtirok etdi.
Unda Fargʻona viloyatida joylashgan harbiy qism va muassasalarda qonuniylikni mustahkamlash, harbiy xizmatchilar hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarni muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish borasidagi faoliyat tanqidiy muhokama etilib, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar boʻyicha kelgusida amalga oshirish lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi