O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

2022-02-03 | Ta’lim

Maktabgacha taʼlim vazirligida Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tuman (shahar)larda tashkil etilgan Yuridik xizmat koʻrsatish markazlarini tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari bilan hamkorlikdagi ishlarini hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing xizmatlarini toʻgʻri tashkil etish masalalariga oid onlayn tarzda videokonferens aloqa orqali seminar oʻtkazildi.

Unda autsorsing xizmatlari boʻyicha tuzilayotgan shartnomalarni Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va boshqa masalalarga ham toʻxtalib oʻtildi.

Shu bilan birga, seminarda Maktabgacha taʼlim vazirligi masʼullari ishtirokchilarga Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing xizmatlarini tashkil etish boʻyicha oʻtkazilgan tanlov natijalari, tanlov komissiyasining xulosalari bilan tanishish, shartnoma loyihasi, shartnoma tuzilishidagi talablar haqida maʼlumotlar berdi.

Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi, ular tomonidan koʻtarilgan muammolarga yechim topildi.

Qayd etish lozimki, onlayn seminarda Adliya vazirligining respublika hududidagi barcha tuman (shahar) Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari va Maktabgacha taʼlim vazirligining hududiy boʻlinmalarida faoliyat koʻrsatib kelayotgan jami 750 nafardan ortiq masʼul xodimlar ishtirok etdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi

Поделиться