O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabrdagi PQ-56-son “Aholining kam ta'minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan izoh
2022-02-02 | Iqtisodiyot
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotgan inson qadr-qimmatini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini ta'minlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish hamda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish, ularni ijtimoiy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, qolaversa, kirib kelayotgan Yangi yil bayramini munosib nishonlash uchun sharoit yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-56-son “Aholining kam ta'minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan 2021-yilning dekabr' hamda 2022-yilning yanvar oylarida davomida:
- 2021-yilda “Temir daftar” ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga;
- 18 yoshga to‘lmagan farzandlari bor boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarga;
- 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga 800 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratildi.
Joriy yilning yanvar oyi yakuniga qadar 2021-yil davomida "Temir daftar" ro‘yxatida bo‘lgan 109,5 ming oilalarga 87,6 mlrd so‘m; 18 yoshgacha nogiron va boquvchisini yo‘qotgan bolalari bo‘lgan 283,8 oilalarga 227,0 mlrd co‘m, jami 393,3 ming oilaga 314,6 mlrd so‘m bir martalik moddiy yordam mablag‘lari tarqatib berildi.
Bunda:
a)“Temir daftar” ro‘yxatida bo‘lgan oilalarning to‘lov vedomostlari shakllantirilishi va mablag‘lar yetkazilishi yuzasidan - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari;
b) 18 yoshga to‘lmagan farzandlari bor boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarga, shuningdek 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga to‘lov vedomostlari shakllantirilishi va mablag‘lar yetkazilishi yuzasidan - byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va boshqa pensiya to‘lovlarini amalga oshiruvchi davlat organlari moddiy yordamning manzilli yetkazilib berilishini ta'minladilar.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi