O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yettita hududda tibbiyot klasterlari tashkil etiladi

2022-02-02 | Jamiyat

Aholi salomatligini asrash, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini oshirish jamiyat barqaror rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ko‘rsatkichlardan biri sanaladi.

Keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilib, xalqchil hujjat sifatida qabul qilingan «2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonida ham soha rivojini yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha bir qator maqsadlar belgilab berildi.

Xususan, mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlash, xalqimiz turmush farovonligini oshirishga qaratilgan 100 ta maqsadning bir qanchasi aynan tibbiyot sohasida amalga oshirilishga qaratilgan maqsadlar ekanligi kishini quvontiradi. 

Ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarni aholiga yanada yaqinlashtirish va qulayligini oshirish, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, tibbiy xizmatlarni markazlashtirish va aholini tibbiy sug‘urtalash amaliyotini joriy qilish, dori-darmon va tibbiy buyumlar muomalasini tartibga solish hamda aholiga arzon va sifatli mahsulotlar yetkazib berish tizimini takomillashtirish kabi 12 ta maqsad belgilangan.

Eng muhimi, dunyo tibbiyot tizimida o‘zini oqlagan yana bir yo‘nalish aholini tibbiy sug‘urtalash tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinadi. Bu esa fuqarolarimizga kafolatli tibbiy xizmat bilan ta’minlanish imkoniyatini kengaytiradi.

Sohani raqamlashtirish jarayonining yakunlanishi natijasida fuqarolarimizga mamlakatimizning istalgan hududidan malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Ya’ni fuqaro uchun ochilgan elektron karta orqali istalgan hududda tibbiyot xodimi fuqaro kasallik tarixi bilan tanishib unga davolanish muolajalarni qo‘llash imkoniyatini yaratiladi. Shu bilan birga, tibbiyot muassasalariga borib navbatda turmasdan elektron shaklda maslahat olish imkoniyati ham kengayadi.

Bugun ko‘plab sohalar rivojiga klasterlar tizimining joriy etilishi ham o‘z samarasini bermoqda. Shu boisdan, 2022-2026-yillarda Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida tibbiyot klasterlari va respublika miqyosida tibbiy asbob-uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha alohida korxona va uning 13 ta hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.
Ayni kunda aholimizning sifatli va arzon narxdagi dori-darmon vositalariga bo‘lgan talabi har qachongidanda ortib bormoqda. Shu boisdan, taraqqiyot strategiyasida ushbu sohani ham isloh qilishga qaratilgan bir qator vazifalar belgilangan. 

Jumladan, 58-maqsadni hayotga tatbiq etish orqali, dori-darmon tizimida elektron retsept tizimini takomillashtirish va keng joriy etish hamda narxlarga rioya etilishini onlayn kuzatishning axborot tizimini yaratish, dori-darmon va tibbiy buyumlarni aholi uchun yetkazib berish tizimini olis hududlar va mahallalar ehtiyojlaridan kelib chiqib, zamonaviy mexanizmlar asosida takomillashtirish belgilangan. Albatta, bu jarayonda eng katta e’tibor ishlab chiqariladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini mahalliylashtirish, 2026-yil yakuniga kelib bu ko‘rsatkichni 80 foizga yetkazish maqsad qilingan.

Sohaning yana bir yo‘nalishi, reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilash ham ustuvor vazifa sanaladi. 2022-2026- yillarda46 ta tumanlararo perinatal markazlari tashkil etilib, ularni kadrlar, zarur tibbiy texnika va buyumlar bilan ta’minlash,yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

O‘z navbatida sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishning eng asosiy o‘lchovlaridan biri bo‘lgan xususiy sektorning ulushini 25 foizga yetkaziladi. Bunda, tibbiy faoliyatni yuritishda bino va inshootlarning yerto‘la qismidan foydalanish, shuningdek, laboratoriya va diagnostika bo‘limlari faoliyatiga qo‘yilgan talablarni yengillashtirgan holda xalqaro tajribadan kelib chiqib, belgilangan texnik jihatdan tartibga solish hujjatlari qayta ko‘rib chiqiladi.

Har qanday soha egasi o‘z mehnatiga yarasha munosib rag‘batlantirilsa, uning kelgusi faoliyatidagi ish samaradorligi va sifati ortadi. Shu boisdan kelgusi besh yillikda malakali shifokorlarning oylik maoshlari bosqichma-bosqich 1 000 AQSH dollari ekvivalentiga yetkazish, tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat turi va murakkabligi, shuningdek erishilgan natijaga ko‘ra o‘zgarishini nazarda tutuvchi tizim yaratish maqsad qilingan.  

Manba: O'zA

Поделиться