O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoro viloyati tadbirkorlarining masalalari o‘rganildi

2022-01-31 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 30-yanvar kuni Buxoro viloyati ishbilarmon doiralari tashabbusi bilan Buxoro shahri aeroportida tadbirkorlar vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov bilan rejadan tashqari uchrashuvi tashkil etildi. 

Uchrashuvga Buxoro viloyati hokimi B.Zaripov va Bosh prokuratura rahbariyati ham taklif etildi.
 
 
Xususan, viloyatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish omillari, infratuzilmani rivojlantirishning hozirgi holati hamda investitsiyalarni jalb etish uchun sanoatning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot viloyatning tuman va shaharlaridagi vaziyatni biznes nuqtai nazaridan o‘rganish hamda muayyan holatlar asosida viloyatda xususiy sektorni, investitsiyaviy va eksport faoliyatini rivojlantirishga ta'sir ko‘rsatadigan tizimli muammolarni ko‘rib chiqish imkonini berdi.
 
Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari xususiy xarakterdagi savollarni ko‘tarib, loyihalarni amalga oshirish va eksport operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida duch kelayotgan muammolar haqida so‘zlab berdilar. Jumladan, loyihalarni moliyalashtirish, ayrim sohalarda tadbirkorlar o‘rtasida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, istiqbolli bozorlarga chiqish hamda gaz va elektr ta'minotiga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
 
Tilga olingan masalalarni hal qilish algoritmlari bevosita yig‘ilish davomida ishlab chiqildi va mas'ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться