O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tibbiy turizmga oid davlat standarti qabul qilindi

2022-01-29 | Turizm

Mamlakatimizda sayyohlarga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida yangi davlat standarti ishlab chiqildi. 

Mazkur standart “Sport va turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK qoshidagi STQ 4 «Turizm va sport» standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita tomonidan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2022-yil 17-yanvardagi 05-1369-son buyrug‘iga asosan qabul qilindi. 

 O‘z DSt ISO 22525:2021 (ISO 22525:2020, IDT) “Turizm va unga bog‘liq xizmatlar. Tibbiy turizm. Xizmat ko‘rsatishga talablar” davlat standarti tibbiy turizm sohasida tibbiy xizmatlarning vositachilari va taʼminotchilari uchun talab va tavsiyalarni belgilaydi.

Ushbu standart tibbiy sabablarga ko‘ra sayohat qilayotgan sayyohlarning talablarini qanoatlantirish uchun ularga sifatli xizmatlarni taqdim etishga mo‘ljallangan.

Standart 2022-yil 1-apreldan amalga joriy etiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться