O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
IIV tizimida AKTni yanada kengroq joriy etish bo'yicha hamkorlik vazifalari belgilab olindi
2022-01-28 | Xavfsizlik sohasi
AKT vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlik bosh boshqarmasi huzuridagi Situatsion-tahliliy markazida Davlatimiz Rahbari tomonidan AKTni joriy etish bo‘yicha belgilangan vazifalarni yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
Хabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-yanvar kuni Toshkent shahar hokimligida barpo etilgan vaziyatlarni boshqarish markazini borib ko‘rgan edi.
Tanishuv jarayonida Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu markaz tajribasini boshqa hududlarda ham joriy qilishga ko‘rsatma bergan edi.
Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlik bosh boshqarmasi huzuridagi Situatsion-tahliliy markazida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov aynan Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan topshiriqlarni vazirlik va idoralarda qanday bajarilishi bo‘yicha hamkorlikda bajarilish masalalarini, amalga oshirish mexanizmlarini muhokama qildi.
«21-yanvar kuni Toshkent shahar hokimligida barpo etilgan vaziyatlarni boshqarish markaziga tashrif davrida Davlatimiz Rahbari uning imkoniyatlari bilan tanishish bilan birgalikda axborot texnologiyalarini barcha sohalarga va hududlarga kengroq joriy etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdilar.
Hozirgi kunda qaysi rahbar axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanmaydigan bo‘lsa, u orqada qolib ketishi aniq. Shuning uchun, boshqa barcha soha va hududlar rahbarlari imkoni boricha tezroq o‘z sohalariga va hududlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish choralarini ko‘rishlari shart. Bunda tizimlarga kiritilayotgan birlamchi ma’lumotlarning haqqoniyligiga ayniqsa, alohida e’tibor qaratish kerak. Shundagina ushbu ma’lumotlarning tahlili asosida joylarda to‘g‘riroq qarorlar qabul qilish imkoni yaratiladi»,
– dedi muhokamada AKT vaziri Sh.Shermatov.
Uchrashuv davomida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Ichki ishlar vazirligi mas’ullari birgalikda axborot texnologiyalarini joriy etilishi va o‘zaro integratsiyasini amalga oshirish AKT yo‘nalishidagi ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Darhaqiqat, axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalardan keng foydalanish muammoli vaziyatlarning oldini olish va ularni samarali hal etishga xizmat qilmoqda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi