O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Haydovchilikka o‘qitish tizimi tubdan takomillashtiriladi
2022-01-26 | Siyosat
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasidagi eng asosiy vazifamiz – mamlakatimizning dunyodagi “qonun ustuvorligi indeksi” yuqori darajada bo‘lgan davlatlar qatoridan joy olishga erishishdan iborat.
Prezidentimiz raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida bu alohida qayd etildi.
Mutasaddilarga mulk huquqini ishonchli himoya qilish, ma’muriy sudlar vakolatlarini kengaytirish orqali fuqaro va tadbirkorlar huquq va erkinliklarini kafolatli ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yaratish vazifasi topshirildi.
Yig‘ilishda yo‘llarda xavfsiz harakatlanishga sharoit yaratish, avariya va o‘lim holatlarini keskin qisqartirish, buning uchun harakatlarni boshqarishni to‘liq raqamlashtirish zarurligi ta’kidlandi.
–Shu o‘rinda bir muhim masalaga barchaning e’tiborini qaratmoqchiman. Umuman, haydovchilik guvohnomasini o‘qimasdan olish oddiy holga aylanib qoldi. Shuning uchun avariyalar soni soat sayin oshib bormoqda, – dedi Prezident.
Ushbu muammoni bartaraf qilish uchun mutasaddilarga, avvalo, o‘qitish tizimini tubdan takomillashtirish, ikkinchidan, o‘qitmasdan va o‘rgatmasdan guvohnoma berish “jinoyati”ga qarshi jazoni kuchaytirish bo‘yicha bir oy muddatda qonunchilikka qo‘shimcha kiritish yuzasidan taklif kiritish vazifasi topshirildi.
Manba: O'zA