O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident: Xalqimiz bugungi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga katta ishonch bilan qarab, tezroq ularning samarasini ko‘rishni istamoqda

2022-01-26 | Siyosat

Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga oid vazifalar muhokama qilinmoqda.

–Barchangizga ma’lumki, hozirgi kunda mamlakatimiz hayotida g‘oyat muhim davr boshlanmoqda. Bu – yangi taraqqiyot va milliy yuksalish davridir. 35 milliondan iborat ko‘p millatli xalqimiz dunyodagi rivojlangan davlatlarga xos hayot darajasiga erishish, adolatli, erkin va obod jamiyat qurishdek ulug‘vor maqsadlar bilan yashamoqda, – dedi davlatimiz rahbari. –Bugun biz jonajon O‘zbekistonimizning uzoq muddatga mo‘ljallangan istiqboli bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘ta muhim masalani muhokama qilish uchun yig‘ildik. Hammangiz xabardorsiz, o‘tgan yili saylovoldi dasturi doirasida hududlarga tashriflarda “Inson qadri uchun” tamoyilini barcha islohotlarimizning bosh mezoni sifatida belgiladik.

“Davlat – inson uchun” degan ezgu g‘oyani hayotga tatbiq etish maqsadida 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini bevosita xalqimiz bilan maslahatlashib, odamlarimizning fikr va takliflari asosida ishlab chiqdik.
Ushbu strategiyada:

- yaqin va o‘rta istiqbolda O‘zbekistonning taraqqiyot tendensiyalari qanday bo‘ladi?

- kelgusidagi faoliyatimizni belgilaydigan aynan qaysi maqsad va vazifalar biz uchun eng dolzarb va ustuvor hisoblanadi?

- davlat va jamiyat hayotining barcha jabha va yo‘nalishlarini kompleks rivojlantirish uchun asosiy e’tiborni nimalarga qaratishimiz kerak?

- keyingi yillarda qabul qilingan qonun va qarorlarimiz, dastur va rejalarimizni yangi davrda qanday davom ettirishimiz, ularga qanday qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishimiz kerak? – degan savollarga chuqur va atroflicha javob berilgan.
bugungi hayotimiz va ertangi kelajagimiz bilan bog‘liq shu kabi ustuvor masalalar tahlili “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobida o‘zining batafsil ifodasini topgan.

Qayd etilganidek, xalqimiz bugungi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga katta ishonch bilan qarab, tezroq ularning samarasini ko‘rishni istamoqda. Aynan shu sababli demokratik islohotlar uzviyligi va davomiyligini ta’minlash maqsadida kelgusi faoliyatimiz uchun “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan prinsip bosh tamoyil etib belgilandi. Shu asosda 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili bo‘yicha davlat dasturi tayyorlanib, keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi. 

Manba: O'zA

Поделиться