O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jahon banki ishtirokida “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida “Ilmiy tadqiqot va tijoratlashtirish sifatini oshirish” dasturi boʻyicha grant Tanlovi
2022-01-25 | Innovatsiya
“Oʻzbekiston Milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasining “Ilmiy tadqiqot va tijoratlashtirish sifatini oshirish” 1-komponenti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish” dasturi boʻyicha ilmiy tadqiqot grantlari uchun 2-turga eʼlon berishini maʼlum qiladi hamda ilmiy hamjamiyatdan ushbu tanlovga tayyorlanib, unda ishtirok etishni soʻraydi.
Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish dasturi tadqiqotchilar tomonidan taqdim etiladigan tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan “Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish dasturi” mahalliy va xalqaro tadqiqotchilarning (jumladan, chet eldagi oʻzbek olimlarining) qoʻshma tadqiqot takliflarini, yosh tadqiqotchilarning mamlakatni kelajakdagi tadqiqot salohiyatini yanada boyitishga qaratilgan takliflarini maqullaydi.Tanlov ikki asosiy mezonlar boʻyicha amalga oshiriladi, bularga: (i) ilmiy yutuqlar nuqtayi nazaridan beriladigan takliflar va (ii) ijtimoiy yoki iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan hamda ayrim ijtimoiy muammolarni hal qilishga xizmat qiladigan takliflar kiradi.
Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish dasturi ikki turdagi grantlarni taqdim etadi: (i) yosh olimlar uchun ajratiladigan grantlar (Junior research grant) hamda (ii) katta ilmiy xodimlar uchun ajratiladigan grantlar (Senior research grant). Grantlar mos ravishda $200 000
va $600 000 ming AQSH dollari ekvivalentida, har bir tadqiqot guruhi uchun 24 oydan ortiq boʻlmagan muddatga ajratiladi. Qoʻshma xalqaro loyihalarga qoʻshimcha muddat berilishi mumkin. Dastur shuningdek, mamlakat talablariga javob beradigan xalqaro tadqiqot fondlariga ariza berish uchun zarur boʻlgan dastlabki tadqiqotlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Tanlov qayta tiklanuvchi energiya (renewable energy), energiya samaradorligini oshirish (energy efficiency), past uglerodli texnologiyalar (low-carbon technologies), biotexnologiyalar (biotechnologies), tibbiyot va sogʻliqni saqlash (medicine and healthcare), qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat (agriculture and food), sunʼiy intellekt (artificial intelligence), AKT (ICT) va boshqa ilmiy va texnologik rivojlanishga qaratilgan loyihalarni jalb qilish uchun amalga oshirilishi kutilmoqda.
Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish dasturi doirasida taqdim etilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun tanlovni nufuzli olimlardan hamda venchur moliyalashtirish, tadbirkorlik va siyosat, ilm-fan, texnologiya va innovatsiya sohalaridagi tajribali mutaxassislardan tashkil topgan Xalqaro ekspertlar kengashi amalga oshiradi.
Qo’shma tadqiqotlar bo’yicha takliflar (xususiy sektor tadqiqotchilari, xalqaro tadqiqotchilar, o’zbek diasporasi olimlari yoki ekspertlari ishtirokida) mamnuniyat ila qabul qilinadi.
Qo’shimcha ma’lumotlar bilan “Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish” grant dasturi qo’llanmasida tanishishingiz mumkin. https://wbgrants.mininnovation.uz/
Arizalar (Ingliz tilida) 2022-yil 5-martgacha onlayn tarzda qabul qilinadi https://wbgrants.mininnovation.uz/
Barcha savollar yuzasidan Loyihani amalga oshirish guruhiga murojaat qilishingiz mumkin (tel: +99897 170 67 84; e-mail: https://munis@mininnovation.uz/).
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi