O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tadbirkorlik subyektlari ishchi yig‘ilish
2022-01-24 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Davlat soliq qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida buxgalterlar va auditorlarning jamoat birlashmalari (O‘zBAMA, O‘zAP), tadbirkorlik sub'ektlarining bosh buxgalterlari va amaliyotchi auditorlar bilan navbatdagi ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tadbirkorlar, buxgalter va auditorlarning soliq qonunchiligini qo‘llash borasidagi masalalari va takliflari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar tomonidan mol-mulk solig‘ini minimal qiymatdan kelib chiqib hisoblash, ko‘chmas mulkni baholash, shuningdek, soliq organlarining joriy etilgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Yig‘ilishda Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliqqa solinadigan bazani belgilash tartibi va mutaxassislar tomonidan ko‘tarilgan boshqa masalalar yuzasidan qo‘shma ma'lumot tayyorlangani ma'lum qilindi.
Shuningdek, Moliya vazirligi soliq to‘lovchilar va ekspertlar tomonidan mol-mulk solig‘ini hisoblash tartibiga doir eng ko‘p beriladigan savollar bo‘yicha tushuntirishlar berilishi ma'lum qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar ishchi uchrashuvlarni davom ettirish zarurligini ta'kidladilar va kelgusidagi hamkorlik rejalarini belgilab oldilar.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi