O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati ijrochilarga yetkazilmoqda

2022-01-24 | Iqtisodiyot

2022-yil 21-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat budjeti departamenti hamda Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi hamkorlikda “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ–742-son, 2021-yil 30-dekabr) mazmuni va ahamiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Seminarda respublikamiz vazirlik va idoralarining mutaxassislari onlayn tarzda ishtirok etishdi.

Seminarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – budjet jarayonidagi islohotlarni yanada kengroq yoritish, 2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunida nazarda tutilgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, davlat budjeti daromadlari ko‘rsatkichlari hamda soliq stavkalaridagi o‘zgartirishlar haqida ma'lumotlar berish, davlat budjeti daromadlarini prognozlashtirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar borasida fikrlar almashishdan iborat.

Seminarda Moliya vazirligining Davlat budjeti departamenti direktori Sherzod Muxamedov yuqoridagi qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan taqdimot o‘tkazdi va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma'lumot berdi:

2022-yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi;

2022-yil uchun konsolidasiyalashgan Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari prognozi hamda 2023–2024-yillar uchun budjet mo‘ljallari; 

birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan 2022-yilda ajratilayotgan mablag‘larning cheklangan miqdorlari; 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari; 

O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan mahalliy byudjetlarga ajratilayotgan tartibga soluvchi transfertlar; 

davlat maqsadli jamg‘armalari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 2022-yilgi tushumlari va xarajatlari prognozlari hamda 2023–2024-yillar uchun budjet mo‘ljallari; 

O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmlari.

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga asosli javoblar berildi, asosiysi u foydali va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. 

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться