O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ayni paytda Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaevning hududdagi mahallalarda faoliyatini boshlagan yoshlar etakchilari bilan uchrashuvi boshlandi.
2022-01-24 | Yoshlar
Videokonferentsiya shaklida tashkil etilgan tadbirda barcha tuman-shaharlardagi studiyalarda ham yoshlar etakchilari qatnashyapti.
Ma'lumki, Prezidentimiz tashabbusi asosida yosh avlod bilan manzilli ishlash uchun har bir mahallada viloyat hokimining yordamchisi – yoshlar etakchisi lavozimi joriy etildi. Ularning asosiy vazifalari yigit-qizlar muammolarini hal etish, kasb o'rganishi va bandligiga ko'maklashish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan shug'ullanishdan iboratligi belgilandi.
Shundan kelib chiqib, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida sa'y-harakatlar amalga oshirilyapti.
Tadbir ochiq muloqot shaklida o'tmoqda. Unda viloyat sektor rahbarlari va tegishli mutasaddi idoralar vakillari ham qatnashishmoqda.
Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi