O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i: Onlayn ta’limni sifatli tashkil qilish davr talabi

2022-01-23 | Ta’lim

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish choralarini davom ettirish va mutatsiyaga uchragan infeksiyaning yangi shtammi bolalar va yoshlar o‘rtasida shiddatli tarqalishini oldini olish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining xulosalaridan kelib chiqib, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida 2022 yil 24 yanvardan boshlab bir oy muddat davomida ta’lim “onlayn” shaklda olib borish belgilandi.

Ushbu talablarga mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari qat’iy amalga qilishi talab qilinadi.

Yangi shtamm sababli yuzaga kelgan hozirgi qiyin vaziyatda xalqaro tashkilotlar va xorijiy ekspertlar har bir davlat mavjud sharoit va imkoniyatlardan kelib chiqib harakat qilishi lozimligini ta’kidlashmoqda.

Xalqaro tashkilotlar tomonidan har bir davlatdagi inson kapitalini baholashda ta’lim sifati bilan birgalikda yosh avlod salomatligi ham alohida e’tiborga olinadi. Zero sog‘lom yoshlar kelgusida yuqori malaka kadrlar sifatida mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladi.

Mamlakatimizda bir oy mobaynida onlayn ta’lim olib borish to‘g‘risidagi qaror ham, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasi vakillari, amaliyotchi pedagoglar va ota-onalar fikrini o‘rgangan holda avvalo bolalarimiz salomatligini o‘ylab qabul qilindi.

So‘nggi ikki yil davomida kuzatilgan holatlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, ta’lim tizimimiz har qanday chaqiriqlarga tayyor bo‘lishi kerak.

Kundan kunga dunyoda kasallikning yangicha ko‘rinishlari paydo bo‘lib, tez tarqalayotgani va kelgusida yana qanday holatlar kuzatilishi noma’lumligi masofaviy (onlayn) ta’limni ham sifatli yo‘lga qo‘yish davr talabi ekanligini ko‘rsatmoqda.

Yurtimizda ham so‘nggi ikki yil davomida onlayn ta’limni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha katta tajriba to‘plangan bo‘lib, endilikdagi vazifa ushbu jarayonni yanada sifatli yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.

Hozirgi paytda barchamiz onlayn ta’limni sifatli yo‘lga qo‘yish, pedagoglarga yordam ko‘rsatish, ota-onalarning bu masalalarga e’tiborini oshirish va zarur tavsiyalar berish bo‘yicha hamkorlikda ishlashimiz zarur.

O‘z navbatida masofaviy (onlayn) ta’lim jarayonlarining sifatli tashkil qilinishi Ta’lim inspeksiyasi tomonidan monitoring qilib boriladi.

Xususan, oliy ta’lim tashkilotlari zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilgan ta’lim faoliyatini, jumladan ta’lim oluvchilarning erishgan natijalari, ular tomonidan fan dasturlarining o‘zlashtirish holati va o‘quv jarayoni bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni ta’lim tashkilotlarining elektron platformasidan foydalangan holda monitoring qilib borilishi haqida qat’iy ogohlantirildi.

Davlat va nodavlat maktablarda esa masofaviy shaklda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun Milliy teleradiokompaniyaning “Onlayn maktab” telekanallari hamda masofaviy ta’limni samarali tashkil etish uchun ishga tushirilgan platformalardan unumli foydalanish talab etiladi va bu jarayonlar tizimli monitoring qilinadi.

Ta’lim tashkilotlarida an’anaviy ta’limning qanchalik tez boshlanishi sizu bizning vaziyatga qanchalik mas’uliyat bilan yondashishimizga bog‘liq. Aholimiz qanchalik tezroq emlansa, sanitariya - gigiyena talablariga rioya qilsa, niqob taqsa, kasallik tarqalishi kamayadi va an’anaviy ta’limga shunchalik tezroq qaytish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Hozirgi vaziyatda bolalarimiz salomatligini asrash va ularga sifatli ta’lim berish barchamizning oldimizda turgan eng mas’uliyatli vazifadir.

Ulug‘bek Tashkenbayev,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Ta’lim sifatini nazorat qilish
davlat inspeksiyasi boshlig‘i

Manba: O'zA

Поделиться