O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoraqalpog‘istonlik rassom hududning turistik salohiyatini namoyon etdi

2022-01-21 | Madaniyat

 Nukus shahridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar ittifoqi laureati, rassom Ibraim Jolimbetovning “Men yurgan yo‘llar” deb nomlangan ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston badiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi boshlig‘i Ulbosin Utegenova, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi, Berdaq nomidagi davlat mukofoti laureati Barliqbay Aytmuratov, O‘zbekiston sanʼat akademiyasi aʼzosi Qoraqalpog‘iston xalq rassomi Sarsenbay Baybosinov  ishtirok etishdi.

Ko‘rgazmada muallifning "Quyoshning tug‘ishi", “Bozatau”, "Qoraqalpoq chevarlari" turli janrdagi asarlari qatorida Qoraqalpog‘istonning turistik salohiyatini namoyon etuvchi hududning tarixini, madaniyatini, milliy liboslarini va qator tarixiy shaxslar aks etgan ijod namunalari va kulolchilik buyumlari namoyish etildi. Yurtimizda joylashgan va bugungi kunda dunyoga mashhur mazkur muzey asoschisi Igor Vitaliyevich Saviskiy, qoraqalpoq shoiri Kunxoja portreti va Ajiniyoz shoirning asariga bag‘ishlangan rassomlik asarlari shular jumlasidan o‘rin olgan.

"Biz, rassomlar ilmga suyangan holda tadqiqot qilib, izlanishdan hech qachon charchamaymiz. Uylaymanki, kelajak avlodga mana shunday merosni qoldirsak, eng katta muvaffaqiyatga erishgan bo‘lamiz. Ko‘rgazmadan joy olgan suratlarimdan biri Boshqirdistonning qadimiy qo‘lyozma arxividan keltirilgan rasm asosida ishlangan", -dedi ko‘rgazma muallifi, rassom Ibraim Jolimbetov.

Ko‘rgazma ekspozitsiyasi o‘zining mazmun-mohiyati, ish uslubi, tanlangan mavzularning o‘ziga xosligi hamda Qoraqalpog‘istonga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun hududning turistik salohiyatini to‘liq ochib bergan. Bu esa, o‘z navbatida, ularning qiziqishi ortishi orqali soha rivojiga katta hissa qo‘shadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться