O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tatariston Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2022-01-20 | Siyosat

Bugun, 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Tatariston Respublikasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.

Unda Vazir Sherzod Shermatov Tatariston Respublikasi ta’lim va fan vaziri Ilsur Xadiullin va “Innopolis” guruhi vakillari bilan o‘zaro muloqot qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, IT-ta’limni rivojlantirish, mutaxassislar tayyorlash hamda ta’lim sohasida o‘zaro yaqinlikni kengaytirish bo‘yicha atroflicha fikrlar almashildi.

Muzokara doirasida “Innopolis” guruhi vakillari bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot sohalarida birgalikda loyihalarni amalga oshirish, hamkorlikda kadrlar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, autsorsing IT-xizmatlarni tashkil etish maqsadida IT Park bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishildi.

Shuningdek, Tatariston tomonni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ham qo‘shimcha axborotlar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться