O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hindistonning Acharya institutlari tarmog‘i ijrochi direktori bilan uchrashuv bo‘ldi
2022-01-20 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Hindistonning Acharya institutlari tarmog‘i ijrochi direktori Vishesh Chandrashekar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mehmonlar IT-mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari bilan tanishtirildi.
Ta’kidlash kerakki, hozirgi kunda xorijiy oliy ta’lim muassasalari O‘zbekistonga katta qiziqish bildirib, yurtimizda o‘z filiallarini ochish istagini bildirmoqda.
Shu bilan birga, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirishga oid Hindiston tomonni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ma’lumotlar ham berildi.
1990-yilda tashkil etilgan Acharya instituti tarmog‘i Bangalordagi eng yirik xususiy ta’lim muassasalaridan biridir. Uning tarkibiga 10 ta institut va 15 ta tadqiqot markazlari kiradi. Acharya institutlari tarmog‘ida 75 mamlakatdan 12 mingdan ziyod talabalar va 250 nafar doktorant bor. Ta’lim 100 dan ortiq o‘quv dasturlari bo‘yicha olib boriladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi