O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Buyuk Ipak yo‘li” muzeyini barpo etishda inklyuzivlik muhitiga alohida eʼtibor qaratiladi

2022-01-19 | Turizm

Samarqand shahridagi “Buyuk Ipak yo‘li” muzeyining dastlabki dizayn konsepsiyasi taqdim etildi. Muzey Samarqand shahri markazida – Universitet bulvari va Bobur Mirzo ko‘chasi o‘rtasida joylashib, uning qurilishida inklyuzivlik muhitiga alohida eʼtibor qaratiladi.

Bu haqida poytaxtda Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov va Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori Gayane Umerova ishtirokida bo‘lib o‘tgan taqdimot tadbiri doirasida maʼlum qilindi.

“Taʼkidlash lozimki, davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekistonning madaniyat va sanʼat sohalarini qayta isloh qilish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator normativ-huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topgan fundamental qarorlar qabul qilinmoqda.
 
Ushbu qarorlarni amalga oshirishga doir hujjatlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-yillarda Samarqand shahri infratuzilmasini yaxshilash va turizmni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2021-yil 23-fevraldagi 4999-sonli) qarori hisoblanadi”, - dedi Aziz Abduhakimov.

Qarorga ko‘ra, Samarqand shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” muzeyini bunyod etish Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasiga topshirilgan. Loyiha Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda, uning dizayn konsepsiyasini yaratishda esa Jamg‘arma Germaniyaning “Atelier Brookner GmbH” byurosi bilan hamkorlik qilmoqda.

Dastlabki dizayn konsepsiyasiga ko‘ra, qaytadan qurilishi rejalashtirilayotgan muzeyning tashqi ko‘rinishi silliq ipak tasma shaklida bo‘lib, Ipak yo‘lini eslatadi va butun bino bo‘ylab o‘tgan bo‘lib, markaziy maydonni pandus ko‘rinishida kesib o‘tadi. Binoning birinchi qavati markazida Samarqand shahri tasviri namoyon bo‘ladi, tom qismida esa - barcha qavatlardan ko‘rinib turuvchi landshaft elementlari. Shuningdek, binoning barmoqlarni eslatuvchi o‘ziga xos maydoni ko‘rgazma ekspozitsiyalarini yaratish uchun qulay sharoit bilan taʼminlaydi.

Muzey ko‘rgazma zallarining ichki bezaklariga hamohang bo‘lgan yuqori qavatdagi ekspozitsiya zonasi uch “qanot” orqali o‘tadi va markaziy ochiq Atriumni qamrab oladi. Har bir “qanot”ning oxirida uch tematik zona joylashgan.

Konsepsiyaga ko‘ra, bino pastki qavatining qo‘shimcha maydonlari yuqori qavatdagi ko‘rgazmaga olib boruvchi markaziy panduslar bilan bog‘lanadi va galereyalar uch tematik zonaga ajratiladi: ilm-fan va madaniyat, yo‘nalish va landshaft, eksport va import. Ushbu zonalar o‘rtasida Samarqand shahri markazi - madaniyatlararo kesishma aks etadi va bu yerdagi katta doira shaklidagi vitrina yirik kolleksiyalarni namoyish qilish imkonini beradi.

Jamg‘arma muzey dizayni konsepsiyasini ishlab chiqishda shuningdek inklyuziv muhitni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratdi. Xususan, mehmonlarning qulayligi uchun muzeyda ko‘rsatkichlar o‘rnatilgan, raqamli va meʼmorchilik dizayniga o‘ziga xos ravishda yondashilgan.

Shuningdek, muzey maydonidan yana-da samarali foydalanish maqsadida uning tom qismida dam olish uchun, shu jumladan mehmonlarning o‘tirishi joylarni ko‘paytirish, bolalar maydoni va bog‘ qismini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Eng asosiysi, qurilish maydoni atrofidagi daraxtlarga ziyon yetkazmaslik maqsad qilingan.

Mazkur loyiha YUNESKO butunjahon merosi qo‘mitasiga muvofiqlashtirish uchun kiritiladi, zero obyekt qurilishi rejalashtirilgan hudud Samarqandning YUNESKO ro‘yxatidan o‘rin olgan tarixiy qismida joylashgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться